8. Boringlar va borlaring so‘zlari o‘rtasida qanday uslubiy farq bor?
A) uslubiy farq yo‘q B) birinchisi kitobiy uslubga xos
C) birinchisi hurmatni, ikkinchisi sof ko‘plikni bildiradi D)birinchisi mo‘‘tadil (neytral) so‘z, ikkinchisi salbiy bo‘yoqqa ega.
9. Quyidagi misolda qanday holat ifodalangan? Telefon orqali so‘zlashmoq – telefonda so‘zlashmoq.
A) ko‘makchili boshqaruv B) kelishikli boshqaruv C) ko‘makchi va kelishik sinonimiyasi D) so‘z birikmasi
10. Portlovchi izotrop o‘yinchoqlarni xorijdan qandaydir yo‘llar bilan keltirilayotgani haqida ko‘p yozilmoqda. (Gazetadan) Mazkur gapda qaysi kelishik bilan bog‘liq uslubiy kamchilik mavjud?
A) bosh kelishik B) tushum kelishigi C) qaratqich kelishigi
D) jo‘nalish kelishigi
11. Qaratqich kelishigi qaysi kelishik bilan sinonimik munosabatga kirisha oladi?
A) o‘rin-payt kelishigi bilan B) chiqish C) jo‘nalish D) tushum