5-ТОпшириқлар - test 914126b39f20cc2e3324fe51d90a3b58
25. Asosan badiiy uslubga xos bo‘lgan izn (izn bermoq) so‘zining sinonimini toping.
A) ixtiyor B) ijozat C) erk D) nishona
26. Qisqalik, aniqlik, soddalik, shuningdek, ibora va jumlalarning bir qolipda bo‘lishi asosan qaysi uslubga xos?
A) so‘zlashuv uslubiga B) ilmiy uslubga C) ommabop uslubga D) badiiy uslubga
27. “O‘rtoq rafiqam! Ruxsat bersangiz turmush qurganimizga bir yil to‘lishi munosabati bilan sizni tabrik qilishga!”Ushbu gap qaysi uslubga misol bo‘la oladi?
A) rasmiy B) ilmiy C) ommabop D) badiiy
28. Shaxsi ko‘chgan holda qo‘llangan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Bo‘sh-bayov ekansizlar. Jilla bo‘lmasa, mol-mulkini o‘z qo‘llaringga o‘tkazib ololmadinglar. B) Lenada zolim podsho ishchilarni qoniga bo‘yagan edi. C) Anvar yugurib borib, Alimardonning yoqasidan oldi: - Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi odam? D) Oyimxonni chaqiradilar.(A.Qod.)