7. Yo‘l ko‘rmagan yo‘ldan ozar. Ushbu maqolda qo‘llangan chiqish kelishigining qo‘shimchasi qaysi kelishik qo‘shimchasi bilan sinonim munosabatda bo‘lishi mumkin?
A) tushum kelishigi bilan B) jo‘nalish C) chiqish D) o‘rin-payt
8. Qaysi gaplarda chiqish kelishigi o‘rnida qaratqich kelishigi qo‘shimchasini qo‘llash mumkin? 1.Ra’no gullardan bir-bir uzib, o‘rtoqlariga uzatdi. 2. Qarindoshlardan ketadigani ketdi, qoladigani qoldi. 3. Tomdagi bolalardan biri shoshilib tusha boshladi. 4. Men go‘zalning hajrida kuyib, chiqqan edim axtarib visol.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 2
9. Quyidagi gapda qo‘llangan chiqish kelishigi qaysi kelishik bilan ma’nodoshlik munosabatida bo‘lishi mumkin? Shunday kichik teshikdan sigirning sig‘ishi aqlga sig‘maydi.
A) tushum kelishigi bilan B) o‘rin-payt kelishigi bilan
C) orqali ko‘makchisi bilan D) jo‘nalish kelishigi bilan
10. Qaysi qatordagi gapda qaratqich kelishigi o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi qo‘llangan?
A) Yormat jahli chiqqanidan otlarni qamchilardi. B) Latifjonni adasi so‘zining ustidan chiqdi. C) Navoiy gulni sevardi. D) Birlashgan yovni qaytarar.
11. Ko‘plikdagi kishilik olmoshlarining qaysi biri uslubiy talab bilan birlikni ko‘rsatuvchi olmosh o‘rnida kelishi mumkin?
A) ular B) biz, siz, ular C) biz D) biz, siz
Dostları ilə paylaş: |