5. Boringlar va borlaring so‘zlari o‘rtasida qanday uslubiy farq bor?
A) uslubiy farq yo‘q B) birinchisi kitobiy uslubga xos C) birinchisi hurmatni, ikkinchisi sof ko‘plikni bildiradi D)birinchisi mo‘‘tadil (neytral) so‘z, ikkinchisi salbiy bo‘yoqqa ega.
6. Lo‘ppi-lo‘ppi ko‘saklar ko‘zga ochiq tashlanadi. Ushbu gapda qanday xato bor?
A) imlo bilan bog‘liq xato bor. B) gapda so‘z tartibi bilan bog‘liq xato bor C) so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato bor
D) qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xato bor.
7.Quyidagi sifatlardan qaysi biri kishilarga xos ijobiy xususiyatlarni anglatadi?
A) g‘alcha B) uchar C) dog‘uli
D) barchasi salbiy ma’no bildiradi.
8. Qaysi gapdagi qaratqich kelishigi qo‘shimchasini chiqish kelishigi qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin?
A) Maqtanganning uyini ko‘r, kerilganning to‘yini.
B) Mehmonlarning yoshi ulug‘i gapirdi. C) Institut kutubxonasi birinchi qavatda. D) Do‘stimning do‘sti mening ham do‘stim.
9. Quyidagi gaplarning qaysi birida tushum kelishigi o‘rnida jo‘nalish kelishigini qo‘llash mumkin?
A) Butun dalani o‘quvchilarning shovqini tutib ketdi. B) Dam oluvchilar tog‘ havosini maqtab ketishdi. C) Nima dedingiz? Gapingizni tushunmadim. D) Shoir yangi yozgan she’rini o‘qib berdi.