4. Tushum kelishigi qo‘shimchasi badiiy uslubda -n shaklida qo‘llansa, undan oldin qanday qo‘shimcha bo‘lishi kerak?
A) shaxs-son qo‘shimchasi B) ko‘plik C) egalik D) unli bilan tugagan so‘zlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, undosh bilan tugagan so‘zlarda bir unli orttiriladi.
5. Mehr-muhabbatga to‘ymaydi inson. Ushbu gapda jo‘nalish kelishigi o‘rnida qaysi kelishikni sinonim sifatida qo‘llash mumkin?
A) qaratqich kelishigini B) tushum kelishigini C) o‘rin-payt kelishigini D) chiqish kelishigini
6. Qaratqich o‘rnida tushum kelishigi noto‘g‘ri qo‘llangan gapni aniqlang.
A) Otdan tushib jilovini Ortiqqa berdi-yu, o‘zi direktorni molxonalar tomon boshlab ketdi. B) Ongni eskirgan g‘arazli maqsadlardan tozalash zarur. C) Yaxshini maqtasang yarashur, yomonni maqtagan adashur. D) Qaynanasini kasalligi sababli kuyovning akasi mehmonlarni kutdi.
7. She’riyatda qaysi kelishiklarga tegishli qo‘shimchalar o‘zaro omonim shaklda bo‘lishi mumkin?
A) qaratqich va o‘rin-payt kelishiklariga tegishli qo‘shimchalar B) jo‘nalish va chiqish kelishiklariga tegishli qo‘shimchalar
C) qaratqich va tushum kelishiklariga tegishli qo‘shimchalar
D) o‘rin-payt va chiqish kelishiklariga tegishli qo‘shimchalar
8. Quyidagi qo‘shimchalarning qaysi biri she’riyatda ikki kelishik qo‘shimchasi vazifasida qo‘llanishi mumkin?
A) –da B) –dan C) –a D) –n
9. She’riyatda qaratqich va tushum kelishiklarining qisqargan shkli, odatda, qaysi qo‘shimchadan so‘ng qo‘shiladi?
A) shaxs-son yoki egalik qo‘shimchasidan keyin B) egalik qo‘shimchalaridan keyin C) 1- va 2-shaxs egalik qo‘shimchalaridan keyin D) 3-shaxs egalik qo‘shimchalaridan keyin
10. Qaysi gaplarda chiqish kelishigi o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasini qo‘llash mumkin?
1.Ra’no gullardan bir-bir uzib, o‘rtoqlariga uzatdi.
2. Qarindoshlardan ketadigani ketdi, qoladigani qoldi.
3. Tomdagi bolalardan biri shoshilib tusha boshladi.
4. Men go‘zalning hajrida kuyib, chiqqan edim axtarib visol.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2 D) 1
Dostları ilə paylaş: |