5. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Dangasaning ishi bitmas, ishi bitsa ham, qishi bitmas. B) Qadr bilmas qarindoshdan, qadr qilgan yod yaxshi. C) Ot chopsa gumburlar tog‘ning darasi. D) Har qadamda halqob bo‘lib yotgan ko‘lmaklar yerga singib, ariqlardagi loyqalar tina boshladi.
6. Quyidagi sinonim so‘zlarning ko‘proq so‘zlashuv uslubiga tegishlisini belgilang.
A) rohat B) huzur C) mazza D) lazzat
7. Quyidagi rang bildirgan so‘zlardan badiiy uslubga tegishlisini toping.
A) ko‘k B) zangor C) moviy D) havo rang
8. Qaysi qatordagi birlikning qo‘llanishi uslubiy jihatdan xato hisoblanadi?
A) qayd qilmoq B) qayt qilmoq C) qayd etmoq D) qayt etmoq
9. Yozma nutqda quyidagi birliklarning qaysi biri uslubiy vazifa bajarishi mumkin?
A) sinonimlar B) paronimlar C) omonimlar D) A, B, C.