25. Qaysi gapga quyilmoq fe’li uslubiy jihatdan noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) Bir kunda ikki ming dona g‘isht quyildi. B) Bulutlar tobora quyilib, qorayib borardi. C) Simyog‘ochlardagi chiroqlar nuri yerga sutday quyilib turardi. D) Sirdaryo Orol dengiziga quyiladi.
26. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri takrorlanganda g‘iybat ma’nosini yuzaga keltiradi?
A) bor B) yo‘q C) dedi D) ochiq
27.1. Unda-bunda bulbulning ovozi eshitilardi. 2. Unda-bunda katta osma chiroqlar charaqlaydi. 3. Unda-bunda biznikiga kelib turadi. 4. Unda-bunda ko‘zga tashlanayotgan daraxtlar shu atrofda suv borligidan dalolat berardi. Ushbu gaplarning qay birida juft so‘zlar payt ma’nosini bildiradi?