A) Ulkan majburiyatni sharaf bilan bajarildi. B) Baxt har kimning o‘z didi va mezonidan C) Tuyaning ustidan turib, pichan o‘rib bo‘lmaydi D) Barcha gaplarda qo‘shimchalar noo‘rin qo‘llangan.
14. Quyidagi misolda qanday holat ifodalangan? Telefon orqali so‘zlashmoq – telefonda so‘zlashmoq.
A) ko‘makchili boshqaruv B) kelishikli boshqaruv C) ko‘makchi va kelishik sinonimiyasi D) so‘z birikmasi
15. Portlovchi izotrop o‘yinchoqlarni xorijdan qandaydir yo‘llar bilan keltirilayotgani haqida ko‘p yozilmoqda. (Gazetadan) Mazkur gapda qaysi kelishik bilan bog‘liq uslubiy kamchilik mavjud?
A) bosh kelishik B) tushum kelishigi C) qaratqich kelishigi D) jo‘nalish kelishigi
16. Qaratqich kelishigi qaysi kelishik bilan sinonimik munosabatga kirisha oladi?
A) o‘rin-payt kelishigi bilan B) chiqish C) jo‘nalish D) tushum