17. Berilgan qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Qudrat ko‘cha aylanib uyga kirsa, hech zog‘ yo‘q. B) Zilola yodsirab, qovog‘ini solib teskari burildi. C) Milliard yillar sari yo‘l olgan avlodlarning ibtidosiman. D) Anzirat xola o‘z-o‘zidan javrab, qorong‘ida ivirsib yurar edi.
18. Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Otabek hovlining o‘rtasida, tut yog‘ochning yoniga kelib to‘xtagan va janubda kishi yo‘qmi deb alanglar edi. B) Mayin tong shabadasi rang-barang gullarni sekin tebratib, atirlarini har yoqqa sepadi.
C) Muhabbat juda oz yigitlarga nasib etadigan yurak javharidir.
D) Doniyor shanba kuni bo‘ladigan to‘yga ko‘mir, o‘tin kabi yonilg‘ilarni tayyorlab qo‘ydi.