13. So‘zlashuv uslubiga xos lug‘aviy birliklar berilgan qatorni toping.
A) binoyiday, negaki B) naynov, nechun C) tok o‘tkazgich, tuzuk D) ila(bilan), jinday
14. Ijtimoiy-siyosiy so‘zlar qatlami qaysi uslubni shakllantiruvchi vositalar hisoblanadi?
A) ommabop uslub B) ilmiy uslub C) rasmiy uslub D) badiiy uslub
15. Uslub – bu ...
A) so‘zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy munosabatidir. B) bir xil fikr, voqea, hodisani turlicha shakllarda ifodalash usulidir. C) bir xil fikr, voqea, hodisani turlicha usullarda ifodalash imkoniyatidir D) barchasi to‘g‘ri.
A) rasmiy uslubga B) so‘zlashuv uslubiga C) badiiy uslubga D) publitsistik uslubga
17. Qaysi qatordagi gapda teng bog‘lovchini ergashtiruvchi bog‘lovchi bilan almashtirish mumkin?
A) Yigitlar, mehmonlarni o‘lka bo‘ylab kezdiring va bog‘imizni ko‘rsating. B) Biz yaxshi tayyorlandik va birinchi g‘alaba qo‘lga kirdi. C) Kasalning kelishi oson, lekin ketishi ancha qiyin. D) Tig‘ yarasi tuzaladi, lekin dil yarasi tuzalmaydi.
18. III shaxs birlik son shakldagi birgalik nisbat fe’li qanday shakldagi fe’lga manodosh(sinonim) bo‘lib keladi?
A) III shaxs birlik son shakldagi aniq nisbat fe’liga B) harakat nomi shaklidagi fe’lga C) II shaxs birlik son shaklidagi aniq nisbat fe’liga D) III shaxs ko‘plik son shaklidagi aniq nisbat fe’liga