4. Quyidagi rang bildirgan so‘zlardan badiiy uslubga tegishlisini toping.
A) ko‘k B) zangor C) moviy D) havo rang
5. Rasmiy uslubga xos xususiyatni belgilang.
A) Ko‘p ma’noli so‘zlar ishlatiladi. B) Terminlar qo‘llanadi C) Ibora va jumlalar ma’lum qolipda bo‘ladi D) shevaga xos so‘zlar faol qo‘llanadi
6. Ijtimoiy-siyosiy atamalar qatlami qaysi uslubni shakllantiruvchi vositalar hisoblanadi?
A) rasmiy uslub B) so‘zlashuv uslubi C) publitsistik (ommabop) uslub D) badiiy uslub
7. Badiiy uslub haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) Sodda, to‘liqsiz va undalmali gaplardan ko‘proq foydalaniladi B) turli tasviriy va ta’siriy vositalar C) sonlar raqam bilan emas, so‘z bilan yoziladi. D) Tildagi hamma vositalardan erkin foydalaniladi.
8. So‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar qatorini toping.
A) taklif qilish, sohil, dala, doira B) farzand, shodlandi, qabriston, durust C) istiqlol, bezanmoq, afsus, moviy D) metro, tuzuk, yasashmoq, attang
Dostları ilə paylaş: |