26. Qaysi qatordagi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato bor?
A) Pirnafas aka qumda bod kasalini tamoman yo‘qotayozgan edi.
B) Xotin-qizlar paxta oralaridagi yot o‘tlarni terayotgan edi.
C) Yaxshiga yondash, yomondan qoch. D) U ko‘cha tomonga qaragan edi, dutor, tanbur, g‘ijjak, nay, doira ko‘tarib kelayotgan kishilarga ko‘zi tushdi.
27. Quyidagi gaplarning qaysi birida mantiqiy nomuvofiqlik bor?
A) Bemorga uch mahal dori berib turdim. B) Dasht o‘rtasida bir tog‘ cho‘qqisi ko‘rindi. C) Bir burda non bir-birisiz tomog‘idan o‘tmasdi. D) Bir og‘iz gapim bor, shuni aytmoqchi edim.
28. U sofdilligi, ko‘ngilchanligi tufayli beixtiyor bu nokasga barini aytdi. Shuni aytadilarda ... deb. Nuqtalar o‘rniga quyidagi maqollardan qaysi birini qo‘yish mumkin?
1) rostga zavol yo‘q; 2) dilda bo‘lsa, tilga kelar; 3) dili pokning ishi pok; 4) dili bo‘shning tili bo‘sh 5) betga aytganning zahri yo‘q; 6) o‘zi to‘g‘rining so‘zi to‘g‘ri.
A) 4,6 B) 4 C) 1,2,3,4,6 D) 2,3,5,6
Dostları ilə paylaş: |