O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi VazirligiBuxoro Davlat Universiteti
Pedagogika va Psixologiya Fakulteti
4-kurs talabasi
Shukurova Diloraning
"Pedagogik konfliktologiya"fanidan
Kurs ishi.
Mavzu:Konfliktlarni boshqarish usullari.
1.Kirish. 2.Asosiy qism. Reja: 2.1.Konflikt yechimini topishdagi munosabat. 2.2.Konflikt bilan ilk to‘qnash kelgan vaqtdagi qadamlar.
2.3.Konfliktlarni boshqarish usullari.
3.Xulosa
4.Foydalangan adabiyotlar.
Kirish.
2.1.Konflikt yechimini topishdagi munosabat. Konflikt yechimini topish passiv holatdagi munosabatni emas, balki aktiv, ya’ni faol munosabatni talab etadi. Konflikt vaziyatda ko‘pchilik impulsiv, ya’ni anglanmagan harakat olib boradi. Ularga konflikt vaziyatda o‘zini tutish bo‘yicha bilim va malakalar yetishmaydi. Vaziyat esa o‘z ustidan nazorat o‘rnatilishini talab etadi. Demak, konflikt vaziyat o‘ylangan qadamlarni so‘raydi. Bu – konfliktga bo‘lgan ongli munosabat belgisi bo‘ladi. Ziddiyatga nisbatan ongli munosabat jarayonida inson nizoni nazorat ostida ushlab tura oladi, ziddiyatga o‘z ta’siri o‘tkaza oladi, tomonlar his-tuyg‘ularining “ko‘pirib” ketmasligi oldini oladi, tomonlarni konstruktiv munosabatlarga chorlaydi, ularni muzokaralar stoliga olib kela oladi, nizoni keltirib chiqargan muammo haqida o‘ylash, fikr va mushohada qilish muhitini yarata oladi.
Odatda bizning oldimizda biror narsadan jahli chiqqan, diqqati oshgan, “g‘azablangan” va “jilovini qo‘ldan bergan” odam bo‘lsa, biz unga nisbatan o‘zimizni turlicha tutamiz. Biz jahli chiqqan odamdan o‘zimizni olib qochishimiz mumkin, nima bo‘lganligini so‘rab, uni tinchlantirishga harakat qilib ko‘rishimiz, yoki unga “aql” o‘rgatishimiz mumkin, o‘zimiz ham uning jahlidan ta’sirlanib, jizzakilik va jahl ishlatishimiz mumkin, konfliktni keltirib chiqargan tomonga “do‘q” va “po‘pisaga” o‘tishimiz mumkin, ularning “adabini” berib qo‘yish bizning bosh maqsadimizga aylanishi ham mumkin.
Ammo bu yo‘llarning barchasi aqli raso, bosiq, hayot tajribasi bor odam usullari emasligi ayon. Bu usullarning qo‘llanilishi konfliktni chuqurlashtiradi, tomonlar orasidagi tang ahvolni yanada qiyinlashtiradi, konflikt yechimidan hammani boshqa, ya’ni ziddiyatni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan tomonga olib ketadi.
Shu bois, konflikt bilan ilk to‘qnash kelgan vaqtda kuyidagi qadamlardan foydalanish darkor:
Birinchi qadam: Konflikt vaziyatni u qanday bo‘lsa o‘shanday, o‘z emotsiyalaringizdan holi bo‘lgan tarzda qabul qiling. Konflikt vaziyat sizga yoqmasligi, sizga qarshi holatni vujudga keltirishi, umuman rejalashtirilmagan holda kelib chiqqan ham bo‘lishi mumkin. Ammo aynan siz uning “nima” ekanligi, ya’ni konflikt haqiqatini to‘la va aniq anglagan paytingizdan boshlabgina, siz uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lasiz. Konflikt bilan ilk to‘qnashgan paytda konflikt bir taraf, siz esa bir taraf bo‘lasiz. Konfliktni anglashning eng birinchi qadami unga obyektiv, xolis, emotsiyalarsiz baho berishdir. Konfliktga nisbatan o‘z emotsiyalari va fikrlaridagi neytralitetni saqlab qolish, konfliktni anglashga qaratilgan yo‘lning boshi hisoblanadi. Mana shunday neytral sharoit esa sizga konflikt ishtirokchisi sifatida aniq, faktlarga asoslangan, oydin va mustaqil mushohada qilish uchun imkon yaratib bera oladi.