1. Kirish. Asosiy qism. Reja


Hamkorlik usuli – «BOYO‘G‘LI»



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə8/8
tarix18.11.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#119648
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi. konfliktologiya fanidan.Shukurova Dilora.

Hamkorlik usuli – «BOYO‘G‘LI»
«Men hamkorlikka doim tayyorman!»
S iz o‘z xarakteringiz, bilimingiz va o‘zingizni tutishingiz bo‘yicha doimo hamkor rolini o‘ynashga tayyor odamsiz. Siz hamkorlik uchun ochiq va hozir inson hisoblanasiz. Shu bois, konflikt vaziyatda sizning butun diqqat–e’tiboringiz konflikt yechimini topshiga qaratilgan bo‘ladi. Siz hech kimni qoraralamaysiz, hech kimni ayblamaysiz. Siz boshqalarning so‘zlariga quloq tutasiz hamda boshqalarning his–tuyg‘ulari va ehtiyojlarini ham hisobga olasiz. Siz o‘z emotsiyalaringiz va tuyg‘ularingiz haqida tinch, osuda, hissiyotsiz gapira olasiz. Siz o‘z hissiyotlaringizni to‘la nazorat qila olasiz. Sizning ovozingiz, mimikangiz, nutqingiz, ochiq qalbingiz, samimiyligingiz – hammasi konflikt yechimini topishga qaratiladi. Siz konflikt yechimiga qaratilgan turli fikr va yo‘llarni taklif etasiz, siz har ikki tomon uchun ham adolatli yechimini topishga harakat qilasiz. Har ikkala tomonning manfaatlarini hisobga olish, ularning ikkalasi ham “g‘olib” bo‘la olishi, qoniqish hosil qilishi siz uchun muhim. Siz umumiy ikki yoqlama foydali xukm chiqarish uchun harakat qilasiz. Boshqalar bilan hamkorlikda har biringizni qanoatlantiruvchi qarorlarning bir necha variantlarini ishlab chiqa olasiz. Agar konflikt nazoratingizdan chiqib ketganligi hamda uni to‘laqonli ravishda o‘zingiz hal qilishga imkoniyatingiz yetmasligini his qilsangiz, yoki konfliktning zo‘ravonlikka o‘tib ketayotganligi anglasangiz, siz boshqalardan, ya’ni uchinchi bir tomondan yordam so‘rashga doimo tayyor turasiz. Sizning qaroringiz kelishuvchilik, kompromiss va norozilikka rozilik elementlarini qamrab oladi. Siz konfliktlarni to‘la yechimga olib kelishga qodirsiz.
Usulning afzalliklari: Odatda sizning ko‘pchilik qarorlaringiz adolatli bo‘ladi va ular uzoq muddat amal qiladi. Sizning boshqalar bilan munosabatlaringiz ishonch asosiga quriladi. Atrofingizda odamlar, do‘stlar, og‘ayni-birodarlar, dugonalar ko‘p bo‘ladi. Sizga o‘z xis-tuyg‘ulari va sirlarini odamlar ishonadi. Siz boshqalarning qadr-qimmati va nafsoniyatini qadrlaysiz hamda toptalgan xis-tuyg‘ularni e’zozlaysiz. Kerak bo‘lganida siz uchun hamma yordamga tayyor turadi. Sizning xarakteringizda anglangan bosiqlik, mushohadago‘ylik, mulohazakorlik kuchli bo‘ladi. Sizning qarorlaringizga kattalar ham, kichiklar ham bo‘ysunadi. Siz o‘zingizga mas’uliyat yuklay olasiz va adolatparvarlik posboni bo‘lib umr kechirasiz.
Usulning kamchiliklari: Real hayotda “boyo‘g‘li” bo‘lish oson emas. U odamga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Doimo boshqalar dardu-hasrati bilan yurishga to‘g‘ri keladi. Shu bois, hech kim «boyo‘g‘li» bo‘lish oson deb hisoblamaydi. «Boyo‘g‘li» bo‘lish odamdan ichki madaniyat, qadr – qimmatni e’zozlash, bilim va malaka, vaqt, mas’uliyat, jasorat va o‘ziga ishonch talab etadi. Mazkur barcha xislatlarni o‘zida tarbiyalash esa oson vazifa emas. Shu bilan birga mana shu qobiliyatni ishlata bilish ham osonlik bilan kechmaydi. Adolat posboni bo‘lishingiz hammaga ham yoqavermaydi, sizga qarshi bo‘lganlar ham mavjud bo‘ladi.
Shunday qilib, konfliktlarni boshqarish usullari mavjud bo‘lib, har bir inson o‘z xarakteriga oid usulni qo‘llaydi. Konfliktlarni boshqarish usullarini bilish esa insonga o‘zini yaxshi anglashi va o‘z qadamlarini tahlil qila olishi uchun yordam beradi va ko‘maklashadi. Har bir usul afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Shu bois, afzalliklarni kuchaytirish va kamchiliklardan o‘z xatti-harakatlarini tozalash ziddiyatli vaziyatlarda nizolarning oldini olishga imkon yaratadi.
Konfliktlarni boshqarish usullari insondan o‘ziga xos malakalarni talab qiladi va aslida konfliktlarni boshqarish oson ish emas. Ammo konfliktlarni boshqarishga o‘rgangan inson har doim o‘z hayotini, atrofidalar hayotini muammolardan tozalab, ularning to‘g‘ri, adolatli va osuda yashashlari uchun muqobil shart-sharoitlar vujudga keltira oladi.

Xulosa.


Konfliktga salbiy hodisa sifatida munosabatda bòlish sababli aksariyat odamlar ularni boshqarish mumkin emas deb hisoblashadi va imkon qadar ulardan qochishga harakat qilishadi.Ammo ziddiyat allaqachon buzg'unchi kuchga ega bòlganda tuzatishga yordam bermaydi. Buni bilish kerak va menejer va xodimlar nizolarni tòģri boshqarilganga hayotni boyitishini tushunishlari kerak.


Qarama-qarshilik shaxsiy mehnat jamoasiga va umuman tashkilotga yordam beradi.Amaldagi voqealar bilan bir qatorda,bu barcha sohalarni rivojlantirish va takomillashtirish uchun zarur bòlgan narsalarni aniqlashga imkon beradi.Mojaroni boshqarish qobiliyati umumanjamoaning omon qolishi uchunhal qiluvchi ahamiyatga ega bòlishi mumkin.
Mojaro ,shuningdek ,xodimlarni bir-biri bilan doimiy aloqada bòlishiga va bir-birlari haqida bir oz kòproq màlumotga ega bòlishlariga olib keladi.Jamoa àzolari hamkasblarini yaxshiroq tushuna boshlaydi.
Nizolarni keltirib chiqaradigan ziddiyat butun jamoani va har bir xodimni alohida tekshiradi va muammoni tahlil qilish va yechimini ishlab chiqishda sezilarli darajada yordam berishi mumkin.

Foydalangan adabiyotlar.


1. Karimova S. Kompozitsion mukammallik yo`lida//O`zbek tili va adabiyoti.-1991.-№6.-B.54-58
2. K.Turdiyeva. Asar syujeti va kompozitsiyasi haqida//Til va adabiyot ta`limi 2001-№3. B. 23-27.
3. Qurbonov T. Portret yaratish uslubi haqida//O`zbek tili va adabiyoti.-1996.-№5.-B.47
4. Zarubejnaya estetika i teoriya literaturi XIX-XX vv.-M.,1987
5. Jirmunskiy V. Teoriya stixa.-L.,1975
6. Uspenskiy B. Poetika kompozitsii.-M.,1970
Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin