Mirzo Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga aloxida axamiyat beradi. Ulug’bekning fikricha odam sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun yoshlik chog’idayoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, ta’lim – tarbiyada poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo’lishi kerak.
Buyuk shoir va olim, fors – tojik mumtoz adabiyotning ulug’ namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas me’ros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan «Baxoriston» asarida ta’lim – tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiy o’z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o’z pedagogik qrashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan zulmkorlarga ma’sir etishga da’vat etadi.
Ushbu qadriyatlar o’z navbatida yuqorida sanab o’tilgan buyuk mutafakkirlarimizni ham tarbiyalab voyaga yetkazgandir. Shunday ekan biz buyuk xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarimiz har qancha faxrlansak arziydi. Bizning burchimiz bunday qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni izchil ravishda takomillashtirib borishdir. Ma’lumki, xalqimizning salkam ming yillik tarixi Islom dini bilan chambarchas bog’langandir. Shuning uchun xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarning aksariyati ham va mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat sarchashmalari ham aynan ana shu din asosida shakllanib, rivoj topib kelgan. Shunday ekan, biz bu dinning urf- odatlariga o qilona yondashib, ularni to’g’ri anglab olishga harakat qilishimiz kerak. Chunki, islom dini yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, doimo millatlar o’rtasidagi tinchlik -totuvlikni va isoniyatga nisbatan qilinadigan har qanday zo’ravonlikka qarshi harkatlarni hamda behuda qon to’kilishiga qarshi g’oyalarni targ’ib etib kelgan. O’zbek xalq pedagogikasida asrlar mobaynida asosiy tushunchalar shakllangan:parvarish, tarbiya, mukammallashtirish, o’z-o’zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash, nasihat qilish, o’qitish, ta’lim berish, o’rgatish.
Forobiyning fikricha, insonda go’zal fazilatlar ikki yo’l-ta’lim va tarbiya orqali hosil qilinadi: “Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug’ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi, ta’lim so’z va o’rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon bo’ladi..”. Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyani o’zviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo’lsa ham, har birining insonni kamolga yetkazishida o’z o’rni va xususiyati borligini alohida ta’kidlaydi.
Xalq pedagogikasi tarbiyaning ko’p omillaridan foydalanishi bilan (tabiat, mehnat, turmush, odat, san’at, din, ona tili), uslublar katta boyligi bilan (ishontirish, misol, talab, buyruq, tushuntirish, rivoyat, o’rganish va mashq, istak va farovonlik, afsun, qasamyod, iltimos, maslahat, ishora, ma’qullash, gina, ko’ndirish, taqiqlash, po’pisa va hokazo) va tarbiya vositalari (o’yin, sanoqlar, topishmoqlar, maqollar, qo’shiqlar, ertak va afsonalar, rivoyatlar) bilan kuchli. Xalq pedagogika xazinasi tarbiyani xalq turmushi bilan g’oyaviy bog’lanishini mustahkamlashda muhim o’rin egallaydi. Bu xazinalar ijodiy yondashganda yosh avlodni tarbiyalashda katta samara berdi.
Xalq pedagogikasining turli vositalari katta o’zgarishlarga uchradi. Bu o’zgarishlar tarbiyaga ham salbiy ta’sir etdi. Bugun mustaqillik davrida
istiqlol g’oyalari ruhida qadimgi xalq an’anasini tiklash, ta’minlash tarbiyada boy rang-barang xalq pedagogikasidan foydalanish davri keldi. Zamonaviy tarbiya ishida o’zining mohiyatini yo’qotmagan xalqpedagogikasining g’oyaviy xazinasi va buyuk yutuqlari sifatida epos, ertak, lapar, maqol, tez aytish, topishmoq kabi janrlar mustaqillik davrida yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |