1. Kompetensiya turlari. Pedagog olimlarning tarbiyachi shaxsi to’g’risidagi fikrlari



Yüklə 153 Kb.
səhifə6/14
tarix04.10.2023
ölçüsü153 Kb.
#129650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1 Maruza

Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash, o‘zo‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi. O‘z ustida ishlash – pedagogning izchil ravishda o‘zining kasbiy BKM va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etishi.


2.Pedagog olimlarning tarbiyachi shaxsi to’g’risidagi fikrlari
Qadimgi dunyo filosofiya sistemalaridan boshlab pedagogikaning fan sifatida shakllanish jarayoni nazariy tafakkurning taxmin va fikrlashlaridan ilmiy bilim sari harakat qilish jarayoni yuz beradi. Har qanday fan tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining obyektiv qonunlari to’g’risidagi bilimlarning yakunidan, jamlashidan ishonarli va umumlashgan bilimlar sistemasidan iborat bo’ladi. “Pedagogika” so’zi yunon tilidan aynan tarjima qilinganda “bo-lashunoslik” yoki “bola yetaklash” degan ma’noni anglatadi. Pedagogik g’oyalar Aflotun (er.ol.427 - 347 yillar) Arastu (er.ol.384-322y) Plutarx (tax.416-tax.327 yillar) Kvintilian (35-95 yillar chamasi) ning falsafiy va siyosiy asarlaridek, gumanist pedagoglar, sosial utopistlar T.Mor (1478-1535 ) asarlarida namoyon etila boshladi. Mukammal pedagogik sistemani Yan Amos Komenskiy yaratdi. U o’z davrining ilg’or g’oyalariga tayangan holda “hammaning hamma narsaga o’rgatish" to’g’risida da’vat bilan chiqdi. Uning “Buyuk didaktika” degan katta risolasi nazariy pedagogikaning ilk asarlaridan hisoblanadi. Pedagogikaning ilmiy asoslarini tuzishga J.J.Russo (1712-1858), (I.G.Pestolosiy, A.Destervenrg, R.OUEN (17711-1858), A.N.Radiщyev (1749-1802), V.G.Belinskiy, A.Gersen, I.I.Pirogov, N.G.Chernishevskiy (1822-1899), N.D.Dobrolyubov ko’p yordam qildilar. Pedagogika nazariyasining rivojlanishiga K.D.Ushinskiy buyuk hissa qo’shdi. Uni rus pedagogikasining otasi deb atashadi. Har qanday fanning ajralib turishi va normal faoliyat ko’rsatishi uchun uning o’zida muqarrar shart bo’lib hisoblanadi. Pedagogika ta’lim tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o’quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o’zgarib borishini o’rgatadi. Tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib beradi. Shu asosda ta’lim tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo’llarini ko’rsatib beradi. Shuningdek u maktab, hunar-texnika bilim yurti va maktabdan tashqari tarbiya muassasalari xodimlarini ham nazariy, ilg’or tajribalar bilan qurollantiradi. Ota-onalarga yoshlarni to’g’ri tarbiyalash, o’qitishdagi mahoratini yanada takomillashtirish yo’lida amaliy tavsiyalar beradi.
“Pedagogika” faniga tavsif berilganda “ta’lim”, “tarbiya”, hamda “ma’lumot” degan so’zlarni ishlatdik. Bu so’zlar o’zaro bog’langan bo’lib, bir birini to’ldiradilar. Ularni pedagogikaning asosiy kategoriya tushunchalari deb qaraymiz. Bulardan tashqari “o’quvchi”, “o’qituvchi”, “usul”, “intizom”, “jamoa”, “irsiyat”, “muhit”, “direktor” va hokazo tushuncha - nomlar mavjudki, bu haqida mavzular yuzasidan fikr yuritilganda alohida to’xtaymiz. Ma’lumki, tarbiya tushunchasi o’sib kelayotgan avlodda hosil qilgan bilimlar asosida aqliy kamolot - dunyoqarashini insoniy e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo’lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Shu ma’noda tarbiya deb tarbiyachi o’zi hohlagan sifatlarini tarbiyalanuvchilarga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko’ra tizimli ta’sir ko’rsatilishiga aytiladi. Tarbiya bola tug’ilgandan boshlab, umrining oxirigacha davom etadigan jarayonidir. Shu tufayli tarbiya so’zi ko’p vaqtlarda ta’lim, ma’lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Endi biz shular xususida o’zimizning fikr-mulohazalarimizni bildirib o’tmoqchimiz. Xalqimizning buyuk mutafakkirlari bo’lmish Imom-al-Buxoriy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Baxouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Bobur, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Botu, Maxmudxo’ja Bexbudiy va boshqa shu kabi ko’plab buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat sarchashmalari o’zining tarbiyaviy ahamiyatga, ma’rifatni targ’ib etish xususiyatlariga va ibratlilik xususiyatlariga ega ekanligi tufayli hozirgi kunga qadar o’z qadr -qimmatini yo’qotmay kelmoqda. Bular jumlasiga Navoiyning mashhur “Ham sa”sini, Bexbudiyning “Turkiy Guliston yoxud ahloq”, Imom - al Buxoriyning “As saxix” hadislar to’plami kabi k o’plab yuksak qadr -qimmatga ega asarlarni kiritishimiz mumkin. Xal qimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlar va urf-odatlar hamda xalq og’zaki ijodi namunalari bevosita xal qimiz ruh iyati asosida shakllangan bo’lib, ular ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda eng mu him ahamiyatga egadir. Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin». Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.

Yüklə 153 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin