1. Konstitutsiyaning yaratilishiga bo‘lgan zarurat. Konstitutsiyaviy komissiya va uning faoliyati



Yüklə 146,71 Kb.
səhifə4/28
tarix19.10.2023
ölçüsü146,71 Kb.
#130593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
2-Mavzu kons 1.1

Yodda tuting!

1992 йил 8 декабрда Олий Кенгашнинг XII чақириқ ХI сессияси бўлиб ўтди. Бу сессия тарихий сессия бўлиб, тарихий аҳамиятга эга масалани муҳокама қилди. Сессияда Конституция лойиҳасини тайёрловчи комиссия раиси И.Каримов маъруза қилди. Маърузада Конституция лойиҳаси батафсил баён қилиб берилди. Шундан сўнг Конституция лойиҳаси депутатлар муҳокамасидан ўтди. Сессияда лойиҳага 80 га яқин ўзгартириш, қўшимча, аниқликлар киритилди. Айрим таклифлар асосли тарзда рад этилди.



Loyihaning har bir moddasi, bobi, bo‘limlari alohida-alohida muhokama qilinib, tegishli asosli takliflar inobatga olinib, o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, qabul qilinish uchun ovozga qo‘yildi. Deputatlar yakdillik bilan Muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 modaddan iborat Konstitutsiyani qabul qildilar.
Asosiy qonunimiz xalqimiz irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Chunki uni ishlab chiqishda va muhokama qilishda butun xalq ishtirok etdi. “Bir so‘z bilan aytganda, Konstitutsiyamiz xalqimiz tafakkuri va irodasining mahsulidir”7, degan so‘zlar bilan, Konstitutsiyamizga ham, uni vujudga keltirgan xalqimiz ongiga ham aniq ta’rif berilgan.
Konstitutsiyamiz davlatchiligimiz tarixida qabul qilingan eng demokratik Konstitutsiya bo‘ldi. Unda birinchi marta shaxs va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda birinchi marta shaxs ustivorligi, shaxs, uning huquqi, qadr-qimmati, sha’ni, oliy qadriyat sifatida belgilandi, shaxsning yashash huquqi asosiy huquq sifatida mustahkamlab qo‘yildi.Davlat mas’uliyatlari aniq ko‘rsatib qo‘yildi. Iqtisodiyot bozor munosabatlari tamoyillari asosida mustahkamlanishi belgilandi. Konstitutsiya asosida ko‘ppartiyaviylik, fikrlar xilma – xilligi belgilandi. Hokimiyatni tashkil etishda hokimiyatlar bo‘linish prinsipi mustahkamlandi. Fuqarolik jamiyati asosi sifatida o‘zini – o‘zi boshqarish organlari mavqei Konstitutsiyaviy darajada belgilandi.
Darhaqiqat, Konstitutsiyamiz har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini to‘liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmog‘i lozim.
Har bir soha va yo‘nalish, ta’limning barcha bosqichlari uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslangan dasturi tayyorlanishi kerak. Bunda, avvalambor, Konstitutsiyani o‘rganishga jiddiy yondashish lozim. Umumta’lim maktablari uchun “Konstitutsiya alifbosi”, “Konstitutsiya saboqlari”, “Konstitutsiya asoslari” kabi darsliklarni yaratish zarur, deb hisoblayman8.



Yüklə 146,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin