1. Konstitutsiyaning yaratilishiga bo‘lgan zarurat. Konstitutsiyaviy komissiya va uning faoliyati



Yüklə 146,71 Kb.
səhifə10/28
tarix19.10.2023
ölçüsü146,71 Kb.
#130593
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
2-Mavzu kons 1.1

Yodda tuting!

2014 йил 16 апрелда қабул қилинган Қонун билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 103 ва 117-моддаларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилди.



Konstitutsiyaning 32-moddasiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, jamoatchilik nazorati fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishlarining bir ko‘rinishi sifatida e’tirof etildi.
Konstitutsiyaning 78-moddasiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, parlament palatalarining qo‘shma vakolatlariga parlament nazoratini olib borish vakolati kiritildi.
Konstitutsiyaning 93-modda birinchi qismining 7-bandi yangi tahrirda bayon etildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega. 93-modda birinchi qismining 8-bandiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini o‘zi mustaqil emas, balki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi.
93-modda birinchi qismining 10-bandiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bilan bog‘liq qo‘shimcha kirtildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni u iste’foga chiqqanda,Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod qiladi.
93-modda birinchi qismining 16-bandi yanga tahrirda bayon etildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti respublika davlat boshqaruvi organlarining va hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini ular qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda to‘xtatadi, bekor qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli. 93-modda birinchi qismining 24-bandiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolati doirasidan chiqarib tashlandi.
Konstitutsiyaning 98-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari sohalarga ajratilgan holda mustahkamlabqo‘yildi. 103-modda viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarni taqdim etishi, ular bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlarning qabul qilinishi bilan bog‘liq ikkinchi qism bilan to‘ldirildi.117-moddaga qo‘shimchalar kiritilib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga konstitutsiyaviy organ maqomi berildi.
Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritishga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, o‘zgartish kiritishning usuli ham ayni konstitutsiyada belgilab qo‘yiladi14. Konstitutsiya asosiy qonun bo‘lganligi uchun, unga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish alohida tartibda amalga oshirilishi Konstitutsiyaning o‘zida belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning oltinchi bo‘limi “Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi” deb nomlangan va u ikki (127, 128-moddalar) moddadan iborat.127-moddaga binoan Konstitutsiyaga o‘zgartirish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilingan qonun asosida yoki referendum orqali kiritiladi. Oliy Majlisda oddiy qonunlarga o‘zgartirish kiritish uchun oddiy ko‘pchilik ovoz bo‘lishi talab qilingan bo‘lsa, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish uchun kamida uchdan ikki qism deputatlar va senatorlar yoqlab ovoz berishi kerak.
Shu kunga qadar konstitutsiyaga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 14 ta qonun qabul qilingan. Shunday ekan rasman bosh Qomusimizga 14 marta o‘zgartirish kiritilgan hisoblanadi. Lekin har bir qonun doirasida bir yoki
undan ortiq normaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Agar har bir normani hisoblasak, unda jami 68 ta normaga tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilgan.
Konstitutsiyamizning 128-moddasi o‘zgartirish kiritish tartibini kengroq mustahkamlagan, unga asosan, Konstitutsiyaga o‘zgartirish taklifi Oliy Majlisga kiritilgandan so‘ng, 6 oy mobaynida o‘zgartirish kiritish haqidagi taklif keng muhokama qilinib, so‘ng qaror qabul qilinishi mumkin. Agar Oliy Majlis o‘zgartirish kiritish taklifini rad etsa, bunday taklif bir yil muddatdan so‘ng qayta kiriitilishi mumkin.



Yüklə 146,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin