1. Ko`p cho`michli ekskavator haqida ma’lumot. Ko`p cho`michli zanjirli ekskavatorlar



Yüklə 5,89 Kb.
tarix08.11.2023
ölçüsü5,89 Kb.
#131284
1. Ko`p cho`michli ekskavator haqida ma’lumot. Ko`p cho`michli z-fayllar.org


1. Ko`p cho`michli ekskavator haqida ma’lumot. Ko`p cho`michli zanjirli ekskavatorlar. Ko`p cho`michli rotorli ekskavatorlar

Ko`p cho`michli ekskavatorlarning tog’jinsini qazb olish sxemasi va zaboylarning o’lchamlari.
Reja:
1.Ko`p cho`michli ekskavator haqida ma’lumot.
2.Ko`p cho`michli zanjirli ekskavatorlar.
3.Ko`p cho`michli rotorli ekskavatorlar.
Ko’p cho’michli ekskavatorlar ishchi organining tuzilishiga ko’ra zanjirli va rotorli bo’ladi. Zanjirli ko’p cho’michli ekskavatorlarda ishchi organi (1-rasm.) cho’michli zanjir hisoblanadi, u ramaga qarab harakat qiladi. Rama bir tomondan sharnirlar bilan korpusga ulangan, ikkinchi tomondan ukosinaga osilgan. Ramaning qiyalik burchagi kanat osilmasi bilan o’zgartiriladi. Zaboy bo’ylab harakatlanishda cho’michlar to’ladi va tog’ jinsini yuqoridagi barabanga tashiydi, u erda tog’ jinsi bunkerga yuklanadi. Bunkerdan tog’ jinsi vagonga yoki yuklash konveyeriga yuklanadi. Cho’mich hajmi 250-4500l ni tashkil qiladi. 1-rasm. Ko`p cho`michli zanjirli ekskavator sxemasi.

1-yo`naltiruvchi rama; 2-cho`mich zanjiri; 3-yuqori baraban; 4-rejalashtiruvchi pog`ona; 5-harakatlanuvchi teskari yuk; 6-o`qni osish uchun kanat; 7-ramani o`qqa osish uchun osmalar; 8-rejalashtirish pog`onasini boshqarish kanati; 9-o`q; 10-yuklash lyuklari; 11-ekskavator uchun portallar; 12-ekskavatorni tuzatish ishlari uchun kran.
Ko’p cho’michli zanjirli ekskavatorlar temiryo’l harakatda, zanjirli va pnevmoharakatli turda ishlab chiqarilmoqda. Pnevmo g’ildirak bilan faqat kichik modellar ta’minlanmoqda. Ko’p cho’michli ekskavatorlarni harakatlantirish uchun rels yo’llari tarkiblarning harakatlanishi uchun bo’lgan yo’llar bilan bir shpallarda o’rnatiladi. Ekskavatorning o’z harakatida 5 promil qiyalikni bosa oladi, ishchi harakatda esa - 2.5-3 promil. Kuchli zanjirli ekskavatorlar elektr harakatli bo’ladi. Uncha ko’p bo’lmagan modellar dizel yoki dizel-elektrik ko’rinishda ishlab chiqarilmoqda. Yuqori yoki pastki qazish uchun mo’ljallangan va ketma-ket yuqori va pastki qazib olishga mo’ljallangan bir cho’mich zanjirli ekskavatorlar mavjud. Yuqori qazishda energiya sarfi va tog’ jinsini kesish kamayadi. Pastki qazib olishli ekskavatorlarni zich gil tog’ jinslarida qo’llash ma’qul.
Ekskavatorlar qaytmas, yarim qaytar va to’la qaytadigan bo’lishi mumkin.
To’la qaytadigan ekskavatorlarda yo’naltirish ramali yuqori qismi 360º gacha qaytishi mumkin, bu bitta ishchi maydonda yuqori pog’ona qismini ko’ndalang qazish imkonini beradi. Bo’shatish turiga ko’ra ekskavatorlar portalli va yon bo’shatishli bo’ladi. Portalli bo’shatish temiryo’l transportiga bo’shatishda qo’llaniladi.
Yo’naltiruvchi rama qattiq yoki sharnirsimon bo’lishi mumkin. Qattiq ramali ekskavatorlarni aylana qazib olishda qo’llaniladi, sharnirsimonni esa-alohida qazish uchun. Ko’plab ekskavatorlarda rama rejalashtiruvchi pog’onali bo’ladi.
Ko’p cho’michli ekskavatorlar Germaniyada ishlab chiqarilgan. Karyerlarda ko’p cho’michli zanjirli ekskavatorlar yumshatilgan tog’ jinslarini qazib olish uchun qo’llaniladi (kon-kimyoviy karyerlarda, Ukrainaning qo’ng’ir ko’mir konlarida va boshqalarda).
Ko’p cho’michli zanjirli ekskavatorlarning texnologik xarakateristikalari 1-jadvalda keltirilgan:
1-jadval

Rotorli ekskavatorlar kichik (630 m³/s), o’rtacha (630-2500 m³/s), katta (2500-5000 m³/s) va undan ortiq unumdorlikka ega holda ishlab chiqariladi. Qazish ta’siri bo’yicha (1 sm cho’michning kesuvchi tig’ida) normal qazish kuchili (600-900 N/sm) va yuqori qazish kuchili (1200-2100 N/sm) ekskavatorlar mavjud. Yuqori qazish usuliga ega ekskavatorlar tosh ko’mir, yarim qoyasimon va muzlagan tog’ jinslarini qazishda qo’llaniladi.


Yuqori va pastki qazishga ega rotorli ekskavatorlar mavjud. Maksimal qazish balandligi qazib olinadigan pog’ona balandligini aniqlaydi. Zamonaviy ekskavatorlarda bu ko’rsatkich 50 m dan oshmaydi. Qazishning maksimal chuqurligi 10m dan oshmaydi. Rotorli ekskavatorlar chiquvchi va chiqmaydigan o’qli bo’ladi.
Chiqmaydigan o’qli ekskavatorlar 20-25% ga yengil va xavfsiz bo’ladi. Lekin qazish ishlarida zaboylarni ajratib qazib olishda chiqadigan o’qli ekskavatorlardan foydalanish maqul. O’qning maksimal chiqishi 25-31m gacha bo’ladi.
Rotorli ekskavatorlarning harakati zanjirli, rels-zanjirli bo’ladi. Qadam tashlaydigan-relsli harakatga ega ekskavatorlar nisbatan kuchli va chiqmaydigan o’qqa ega bo’ladi. Qadam bosadigan-relsli ekskavatorlar zanjirliga qadaganda turgan joyida har qanday burchakka qaytish qobiliyati borligi bilan ekskavatorning harakatchanligini oshiradi. Kichik, ba’zida o’rtacha va katta ekskavatorlar asosan zanjirli harakatga ega. 600t gacha og’irlikka ega kichik va o’rtacha kuchli ekskavatorlar ikki g’altakli zanjirli harakatga ega. Kuchli ekskavatorlar ko’pzanjirli qilib ishlab chiqariladi.
Mahalliy rotorli ekskavatorlarning texnologik ko’rsatkichlari 2-jadvalda ko’rsatilgan.
Rotorli ekskavatorlarning ko’plab soni boshqa davlatlarda ishlab chiqariladi (Germaniya, Polsha va bosh.)

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:


  1. Kon mashinalari va uskunalari majmua.


  2. P.I. Tomakov, I.K. Naumov OCHIQ KON ISHLARI TEXNOLOGIYASI, MEXANIZATSIYASI VA KON ISHLARINI TASHKIL QILISH MOSKVA


  3. V. R. RAHIMOV, N. U. UBAYDULLAYEV BURG‘ILASH VA PORTLATISH ISHLARI TOSHKENT «TURON-IQBOL»2016





http://fayllar.org
Yüklə 5,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin