1-kurs mаgistrаnti raupova Iroda Faxriddin qizining 2023-2024 o‘quv yilining sentabr oyi uchun hisoboti toshkent-2023



Yüklə 11,5 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü11,5 Kb.
#135296
Raupova Iroda sentabr oyi hisoboti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


MIRZO ULUGʼBEK NOMIDАGI OʼZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


BIOLOGIYA FАKULTETI


70510101 – Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha)
Genetika mutaxassisligi


1-KURS MАGISTRАNTI


Raupova Iroda Faxriddin qizining


2023-2024 o‘quv yilining


SENTABR oyi uchun


HISOBOTI
Toshkent-2023
1.Talabaning oʼquv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik ishlari, ilmiy seminar
HISOBOTI
1.Oʼquv-metodik ishlar
Hisobot oyi davomida yangi semestr o‘quv rejasiga kiritilgan barcha fanlar bo‘yicha professor – o‘qituchilarning ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslariga o‘z vaqtia qatnashib kelmoqdaman. II semestr uchun qo’yilgan fanlar: biologiyaning dolzarb muammolari, biositatistika va bioxilma-xillik fanlari yuklama bo‘yicha kalendar rejaga asosan maruza, seminar va amaliy mashg’ulot darslari olib borilmoqda.
Yuqorida keltirilgan umummetodologik fan o‘qituvchilari, professorlari, dotsentlari bilan shu fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan ma’ruza darslar, seminar mashg‘ulotlari, mustaqil ta’lim asosida bajariladigan mustaqil ishlar ro‘yxati, maqsad va vazifalari borligini to‘grisida chuqur ma’lumotlar va umummetodologik fanlarni o‘rganish davomida bizga yuklatilgan majburiyat va vazifalar to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar oldik.
1. Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan Ma’ruza mashg’ulotlari: biologiyaning dolzarb muammolari faniga kirish. Bioxilma-xillikni asrashni o‘rganishning zamonaviy muammolari, biosfera resurslaridan foydalanishda va saqlashda bioxilma-xillikning ahamiyati, Biologiyada ilmiy-tadqiqot metodologiyasi va bioetikasining dolzarb muammolari. Tirik organizmlar evolyutsiyasini o‘rganishda zamonaviy yondashuvlar. Amaliy mashg‘ulotlar: biologik xilma-xilligini saqlashga zamonaviy yondashuvlar, o‘zbekistonda hayvon va o‘simliklarning bioxilma-xilligini o`rganish holati va istiqbollari, bioetikaning predmeti va vazifalari, genomika yutuqlarining evolutsion biologiyaning rivojlanishiga ta’siri mavzulari
2. biostatistika fanidan Maruza mashg’uloti “sitatistika, biomedikal statistika”, “tarqatish, tarqatish turlari. Tarqatish tahlili, markaziy regressiya choralari”, “variatsion qatorlar”, “statistik agregatlar. Namuna vakili” Amaliy mashg’uloti “statistikaning umumiy savollari”, natijalarini tahlil qilish va ularni raqamlashtirish, “garmonik, kvadrat, kub va geometrik qiymatlarni hisoblash”, “o`rtacha hisoblar” mavzularidan darslar olib borilmoqda.
3. Bioxilma-xillik fanidan maruza mashg`uloti “bioxilma-xillik faniga kirish. O`zbekistonning fizik va geografik ta`rifi” bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan milliy strategiyasi. Qo‘riqlanadigan hududlar sistemasi, o`zbekistonda yerdan foydalanish va suv resurslari, o‘zbekistonda turlar xilma-xilligi.
Amaliy mashg`ulotlar: ‘bioxilmaxillikni asosiy tiplarini turlar boyligi’, bo`g`imoyoqlilar taksonomik guruhlarini turlar xilma-xilligi’, ‘umurtqali hayvonlar turlari xilma-xilligini nisbiy baholash. Umurtqali hayvonlar turlarini ekosistema bo`yicha taqsimlanishi’, o`zbekistonda noyob va yo`qolib ketayotgan hayvon turlari soni. O`zbekiston respublikasini muhofaza qilinadigan tabiiy hududlari’ mavzularida dars mashgulotlarida ishtirok etdik.

2. Ilmiy – tadqiqot ishlar boʼyicha


2.1. Hisobot oyi mobaynida magistrlik dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbar tayinlash uchun kerakli adabiyotlar bilan tashdim. Har oy hisobotlar yozib borilmoqda.
2.2. Tanlangan mavzu yuzasidan ilmiy rahbarim bilan birgalikda 2023-yil sentabr oyi davomida maqola va tezislar chop etishni davom ettirdim.
2.3. Ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha rejalashtirilgan tadbirlarning ijrosi yuzasidan ilmiy rahbarim bilan kelishgan holda hisobotlar tayyorlab borishini tayyorlayapman.


3. Ilmiy pedogogik ishlar boʼyicha
Hisobot oyi mobaynida kalendar ish rejasida keltirilganidek biologiya faultetining bir nechta professor-oʼqituvchilarining sentabr oyida boʼlgan maʼruza va amaliy mashgʼulot darslarida ishtirok etdim.
.


4. Ilmiy seminar
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi boʼyicha manbalarni (darsliklar, oʼquv qoʼllanmalar, ilmiy monografiyalar, maqolalar, maʼruzalar, uslubiy adabiyotlar va h.k.) oʼrganishni va tahlil qilib bormoqdaman.


II. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash
1.Tadqiqotni oʼtkazishga tayyorgarlik
1.1. Kafedrada va da magistrlik dissertatsiya ishlari uchun tayyorlangan, yechimini kutayotgan, istiqbolli masalalarga yo’naltirilgan mavzular bankidan tadqiqot mavzuimni tanladim.
1.2. Sentyabr oyi davomida kafedra yig’ilishida mavzuimni tasdiqlatdim.
1.3. Ilmiy rahbarim bilan birgalikda tadqiqot obektimni aniqladim.
1.4. Magistrlik dissertatsiyam bo’yicha axborot manbalari va hujjatlarini o’rganishni boshladim.
1.5. llmiy - tadqiqot muammosini shakllantirish va tavsiflash hamda bajarilishi kerak bo’lgan tadqiqot ishlarini aniqlash.
2. Ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish
2.1. Tadqiqot ishim bo’yicha kalendar rejasini rahbarim bilan tuzdik. Tadqiqot bosqichlarining ketma-ketligini va bajarilish muddatini hamda uning ayrim bosqichlari va masalalarini aniqladik.
2.2. Magistrlik dissertatsiyasining struktura – mantiqiy sxemasini raxbarim bilan tuzdik. MDI ning mavzusi bo’yicha Respublika va xorijiy davlatlar olimlari tomonidan qilingan ishlar bilan tanishib materiallar yig’ishni boshladik.
Kafedra mudiri: b.f.d. prof. Boboyev S
Ilmiy rahbar: phd. Dotsent. Amanturdiyev.I


Magistr: Raupova Iroda
Yüklə 11,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin