1. Fonopragmatik tagma’no. Tagma’noning bunday ko‘rinishi so‘zlovchining talaffuz ohangi bilan bog‘liq bo‘ladi. So‘zlovchi bunda matn tarkibidagi propozitsional akt elementlarini o‘ziga xos ohang bilan - emfatik usul bilan talaffuz qiladi. So‘zlovchi bunda matnning talaffuz ohangiga alohida urg‘u berish bilan tinglovchiga «men shunaqaman» tipidagi tagma’noni uzatishga harakat qiladi. Tagma’noning fonopragmatik ko‘rinishida matnning umumiy mazmuni ikkinchi planga o‘tadi. So‘zlovchi talaffuziga xos fonopragmatik ohang usuli birinchi darajali ma’no usuli deb qaraladi; Masalan: Xurinso erini o‘larday go‘l podsho, o‘zini nihoyatda quv vazir qilib ko‘rsatishaa harakat qilar edi. Qalandarov keldi. Huriniso eri haqida aytilganlarini amalda ko‘rsatmoqchi, yana “shunday odam ham menga bo‘yin egadi” demoqchi bo‘ldi, shekilli, uni g‘azabiga oldi: - Kelar edingiz-da... SHu ham ishmi! Hamisha shunaqa qilasiz!..
Qachon tashlaysiz shu fe’lingizni?! - deb shovqin soldi. (A.Qahhor).
Fonopragmatik tagma’noning ba’zi ko‘rinishlarida so‘zlovchi o‘z nutqi orqali bayon qilingan propozitsiyaning emfatik usul bilan talaffuz qilishi natijasida - undagi alohida ohang samimiylik ma’nosini ifoda etadi.
2. Uslubiy pragmatik tagma’no. Tagma’noning bunday ko‘rinishi so‘zlovchining individual uslubi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunga ko‘ra so‘zlovchi tomonidan undash akti vositasi bilan talab qilingan ma’lum axborot ko‘rinishi so‘zlovchi nazarda tutgan mazmunni saqlagani holda boshqa propozitsnonal shakl bilan ifodalanadi. Tinglovchining aynan so‘zlovchi nazarda tutgan axborot ko‘rinishini boshqa propozitsional shakl orqali ifodalashi uning individual uslubiy mahorati sanaladi. SHuning uchun ham bunday shakldagi tagma’no ko‘rinishlari uslubiy pragmatik tagma’no deb yuritiladi. Masalan:
- Saodat, - dedim. Qaradi. O‘choqda yongan olov issig‘idanmi yoki
uyatdanmi uning‘ yuzi qip-qizil olma edi. Qo‘lidagi sochig‘i bilan
oldimg‘a yaqin kelib to‘xtadi. - Eshitdingmi, - dedim. Erga qaradi.
Uni ortiqcha uyaltirmaslik uchun eshikka qarab yuriy boshladim-da, -
Maylimi? - deb so‘radim. Javob o‘rniga - Osh emay ketasizmi? - dedi. Bu uning ikkinchi turlik qilib aytilgan «mayli» javobi edi. (A.Qodiriy).
Bu matndagi tinglovchi nutqiga xos “maylimi” javobining “Osh emay ketasizmi?” tipidagi mehribonchilik ma’nosini ifoda etuvchi boshqa iropozitsional shakl vositasida bayon qilinishi uslubiy pragmatik tagma’no deb yuritiladi.
Uslubiy tagma’no ko‘rinishlarida so‘zlovchi o‘z ichki maqsadi aks etgan mazmunni boshqa uslubiy shaklda ifoda etadi. Masalan:
Nihoyat Qalandarov g‘ashi keleanini bildirmaslik uchun kulib dedi: - Xo‘jayin, mehmonga ham so‘z beramizmi, yo‘qmi? - dedi.
(A.Qahhor). Bu matn parchasidagi uslubiy tagma’no ko‘rinishi «gapni
to‘xtat» mazmunidan iboratdir.