Ishdan maqsad: Berilgan predmet soha ma`lumotlar bazasidan foydalanib GROUP BY va HAVING standart so`zlaridan foydalanishni o`rganish.
Masalani qo`yilishi: Predmet soha ma`lumotlar bazasi shakllantirilgandan so`ng undan unumli foydalanishni tashkil etish maqsadida GROUP BA va HAVING standart so`zlaridan foydalanib so`rovlar yaratish. Ma`lumotlar bazasidan kerakli ma`lumotlarni yuqoridagi standart so`zlar orqali ajratib olishni tashkil etish.
Uslubiy ko`rsatmalar: Ma`lumotlar bazasi ustida so`rovlar tashkil etishda GROUP BY va HAVING standart so`zlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Select komandasida GROUP BY standart so`zini ham ishlatish mumkin. Bu paramet bir maydon o`xshash parametrlari (aniqlanayotgan qiymati) bo`yicha guruhlaydi va agregat funksiyalar ishlatiladi, hamda ular shu guruxga bo`ladi.
Masalan: Select student_ID Max (mark) from exam_marks Group by student_ID;
Guruxlar ichidan kerakli yozuvlarni ajratib olish uchun HAVING ishlatiladi.
Masalan: Select Subj_name, max (hour) From SUBJECT;
Group by Subj_name Having max (Hour)>=34; Yuqorida keltirib o`tilgan HAVING va GROUP BY standart so`zlaridan foydalanib supermarket predmet sohasining ma`lumotlar bazasi ustida ba`zi bir so`rovlarni yaratamiz.
misol: Omborxonada 500 kgdan kam qolgan mahsulotlar haqida ma`lumot berilsin.
So`rov: SELECT * FROM `mahsulotlar` HAVING `miqdori(kg)`<500;