1-laboratoriya ishi. Informatika fanlaridan loyihaviy o‘qitish texnologiyasini loyihalashtirish. Ishning maqsadi


Informatika o’qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo’yiladigan talablar



Yüklə 75 Kb.
səhifə4/6
tarix17.12.2022
ölçüsü75 Kb.
#121311
1   2   3   4   5   6
Лойиҳа 1 лаборатория машгулоти

Informatika o’qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo’yiladigan talablar. V.A.Krasilnikova jamiyatni axborotlashtirish, axborotlashgan madaniyatli yoshlarni tarbiyalashda informatika o‘qituvchisiga qo‘yilgan talablarni quyidagicha keltiradi [50].

  1. umummadaniy tayyorgarlik: o‘zini-o‘zi qayta tayyorlash va rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoji, jamiyatni madaniy rivojlanish sharoitida pedagogik faoliyatga va hayotga, ijodiy faollikka tayyorligi, telekommunikatsiya va global axborot resurslaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallaganligi, kommunikativ jarayonni rejalashtirilgan holda tashkil eta olishi.

  2. pedagogik faoliyat sohasida: noaniqlik sharoitlarida shaxsiy va kasbiy muammolarni axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib yechishga tayyorligi, pedagogik faoliyat natijalarini tahlil eta olishi, to‘g‘rilashi, o‘zini-o‘zi nazorat qilishi, ilmiy-pedagogik faoliyatlarni olib borish qobiliyatlarining mavjudligi.

Pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasida zamonaviy o‘qituvchi pedagogik faoliyatiga qo‘yilgan talablar pedagogik va psixologik adabiyotlarda o’z aksini topib, bizning fikrimizcha ularga [42]:

  • O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi, fan, texnika, pedagogik va axborot texnologiyalari yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lib, bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.

  • Pedagogika, psixologiya va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mukammal, chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi, tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv faoliyatini tashkil etishi lozim.

  • Yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l — oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) qoidalari chuqur o‘zlashtirib olishga erishishi;

  • Ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi, shaxsiy hayotda pok, kiyinish madaniyati, o‘zini tushishi bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi;

  • Pedagogik faoliyatni tashkil etishda, ta’lim — tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan, pedagogik va axborot texnologiyalari, ularning integratsiyasi imkoniyatlaridan unumli foydalana olish, ijodkorlik, tadqiqotchilik imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.

Pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasida informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyatiga quyidagilarni kiritamiz [42,54]:

  • ta’limda zamonaviy kompyuterlar va pedagogik texnologiyalarning funksional va didaktik imkoniyatlarini bilishi va qo‘llay olishi;

  • tayyor dasturiy vositalardan foydalanib kompyuterli ta’lim vositalarini tayyorlashning, unda pedagogik texnologiya elementlarini kiritishning nazariy va didaktik talablari va tamoyillaridan foydalanishi;

  • har xil o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda taqdim etiladigan pedagogik texnologiya va elektron ta’lim vositalarining talablari va tasniflash usullarini bilishi;

  • pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida mashg‘ulotlarni tashkil etishda pedagogik va ergonomik talablarni hisobga olishi;

  • ta’lim muassasasida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘quv jarayonini boshqarishning avtomatlashtirish imkoniyatlari va boshqalarni bilishi zarur. Shuningdek,

  • o‘quvchilar bilim darajasini hisobga olib pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib dars o‘tish loyihasini yaratish;

  • mashg‘ulotlarda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda pedagogik va axborot texnologiyalari(elektron seminar, elektron pochta, dasturiy vositalar, elektron ta’lim resurslari, muammoli ta’lim, modulli o‘qitish, o‘yinli texnologiyalar, interfaol metodlar va boshqa ta’lim texnologiyalari imkoniyatlari)dan foydanishib tashkil etishni

  • informatika xonasini mashhulot o‘tishga (kerakli elektron ta’lim resurslarini, pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan ko‘rgazmali, tarqatma materiallarni ) tayyorlab qo‘yishlarni bajara olishi, hamda:

  • mashg‘ulotda qo‘yilgan maqsadga muvofiq 2-4 ta interfaol metodlardan axborot texnologiyalari bazasida elektron ta’lim resurslaridan foydalanish;

  • elektron ta’lim vositalarini yaratish, mavjud pedagogik texnologiya elementlarini o‘qitiladigan fanga moslab qo‘llash, kerak bo‘lganda ijodiy o‘zgarishlar qilish tajribalariga ega bo‘lishi kerak.




Yüklə 75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin