1-laboratoriya ishi. Informatika fanlaridan loyihaviy o‘qitish texnologiyasini loyihalashtirish. Ishning maqsadi



Yüklə 75 Kb.
səhifə5/6
tarix17.12.2022
ölçüsü75 Kb.
#121311
1   2   3   4   5   6
Лойиҳа 1 лаборатория машгулоти

Nazariy ma’lumot:
Ta’limiy loyiha–aniq reja, maqsad asosida pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqish, uning natijasini kafolatlashga qaratilgan harakat mahsulidir, loyihalashtirish esa boshlang‘ich ma’lumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan amaliy harakatlardir.
Bizga ma’lumki metodik tizim ta’limning maqsadi, mazmuni, metodi, shakli va vositalaridan tashkil topgan tizim bo‘lib, bu metodik tizimning barcha tashkil etuvchilari shu qadar mustahkam aloqadaki, ulardan birining o‘zgarishi butun tizimdagi boshqa tashkil etuvchilarni butunlay o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Informatika o‘qituvchisi o‘z pedagogik faoliyatini metodik tizim sifatida loyihalaydi.Buning uchun u o‘quv rejaning mazmuni va tuzilishini tahlil etadi, bunda fanga ajratilgan soatlar, o‘quv soatlari tuzilishi, fanni o‘qitish haftasiga necha soatga to‘g‘ri kelishi, ajratilgan soatlarda qanaqa mazmun yoritilishi, qaysi mavzuga necha soatdan ajratish lozimligi va hokazolarni tahlil etadi.
Ta’lim maqsadini loyihalash. Bunda maqsadning qo‘yilishi va unga muvaffaqiyatli erishish o‘qituvchi uchun qanday ochiq, tushunarli bo‘lsa, o‘quvchi va ota-onalar uchun ham shunday bo‘lishi (aniq va tushunarli bayon) ta’minlanishi lozim. Maqsadni qo‘yish va loyihalashtirishda yetarlicha yordamchi so‘zlardan o‘rinli foydalanish. Masalan, “... bajara olish”, “... bilib olish”, “...qo‘llash”, “...ga ega bo‘lish”, “... xususiyatlarni ifodalay olish” kabi so‘z tuzilishlaridan foydalanish, masadning asosi sifatida o‘zlashtiriladigan tushunchalar, bajariladigan harakatlar va ular orasidagi aloqa va tasdiqlardan foydalanadi;
Ta’lim shaklini loyihalashtirish. Bizga ma’lumki, ta’lim individual, guruhli va frontal shakllarda amalga oshiriladi. O‘qituvchi aynan ana shu shakllarda o‘quvchilarga ta’lim mazmunini yetkazadi. Shuning uchun, har doim o‘qituvchi “Nimani, qachon, qayerda o‘rgatish”ni loyihalab olishi zarur.
Ta’lim mazmunni loyihalashtirish. Ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlarida, fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan holatda darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruza matni, o‘quv-uslubiy majmualarda o‘z aksini topadi. O‘qituvchi mazmunni loyihalashtirishda oddiydan murakkabga, osondan qiyinga tamoyilini hisobga olib, o‘quvchi tushuna oladigan tilda, bajara oladigan topshiriqlar asosida yetkazishi va o‘quvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtirishiga erishishi lozim.
Ta’lim metodini loyihalashtirish. Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida an’anaviy usullar bilan bir qatorda turli noan’anaviy ta’lim texnologiyalari, interfaol usullardan foydalanilmoqda. Ta’lim metodini loyihalashda o‘qituvchi qaysi mazmunni qanday an’anaviy, interfaol metoddan foydalanib, qancha vaqt davomida qanaqa tartibda yetkazib berishni loyihalaydi.
Ta’lim vositalarini loyihalashtirish. Ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi, o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish, o‘rganish, shu bilan birga ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar ta’lim vositalari bo‘lib, o‘qituvchi dars mazmunining qaysi qismini, qanaqa vositadan foydalanib, qanday yetkazib berilishini loyihalaydi.
Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini informatika o`qituvchisining o`quv faoliyatini tashkil etuvchi jarayon hisoblanadi. Bunda;

  1. O`qituvchi tomonidan taklif etilgan kichik loyihalarning maktab o`quvchilari tomonidan bajara olinadigan bo’lishii; 

  2. Loyiha asosida faoliyat tashkil etilganda o`quv-mavzularda rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddati aniq ko’rsatilishi; 

  3. Loyiha asosida o`quv faoliyatini tashkil etishga o`qituvchi rahbarlik qilishi va u loyihaning boshqaruvchi, yo’naltiruvchisi hisoblanishi; 

  4. Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo`lishi. 

  5. Loyiha topshiriqlari aniq, ravon shakllantirilgan, uning maqsad va vazifalari tushunarli, o`quvchilar bilan uning bajarish yo`llari kelishilgan bo`lishi; 

  6. Ayrim hollarda yuqori sinf o`quvchilarining hohish va istaklariga binoan loyihalarni shakllantirish loyiha rahbari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi;

  7. O`quv loyihalari oldindan ishlab chiqilgan mezon ko`rsatkichlari asosida baholanishi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko`zda tutilsa, yakuniy baholar ham chiqarilgan bo’lishi;

  8. O`quv yili davomida o`rnatilgan tartibda tuzilgan loyihalar taqdimotini ilmiy konferensiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod birlashmalarda himoya qilish yoki tanlovlar tariqasida o`tkazilishi kerak bo’ladi. 

Informatika fanidan loyiha asosida tashkil etiladigan darslar o`qituvchidan darsni tashkiliy jihatidan puxta o`ylangan, sifatli, ishchanlik muhitida, o‘quvchilarni jarayonga qiziqtira oladigan tarzda loyihalay olishni talab etadi. O`quv jarayonini loyiha asosida tashkil etishda o‘qituvchidan faollikda ish yurituvchi emas, balki keng qamrovli ijodkor pedagog rolini bajarilishi talab etiladi.
Loyihalar asosida o`quv jarayonini tashkil etishda o`qituvchi fidoyilik ko`rsatishi, o`quvchini ruhlantirishi, ularni qiziqtirishi orqali pirovard maqsadga erishishi talab etiladi. Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf etiladigan vaqt, tashkiliy ishlar, beriladigan va to`g`ri yo`lga soluvchi savollar oldindan rejalashtirilgan bo’lishi kerak. Bundan tashqari dars jarayonida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan kamchilik, xatolar, ularning oldini olish, jarayonning tahliliy tomonlari ham oldindan hisobga olinishi kerak.

Yüklə 75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin