1-лаборатория иши



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə37/42
tarix18.09.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#129033
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
fizlab mexanika

rш = rA/n-I. n = I/IA
I - zanjirdagi tokning qiymati, IA - ampermetr orqali o‘tayotgan tokning qiymati, Ia - ampermetrning qarshiligi. Demak, ampermetr bilan n marta katta tokni o‘lchash uchun shuntning qarshiligini ampermetrning qarshiligidek (n-1) marta kichik qilib olish kerak.
Qo'shimcha qarshilik. Voltmetrlarniig o‘lchov chegaralarini kengaytirish uchun qushimcha qarshilik deb aytiladigan qarshilik qo‘llanib, bu qarshilik voltmetrga ketma-ket ulanadi (5-rasm, b). Agar voltmetr yordamida n marta katta kuchlanishni o‘lchash zarur bo‘lsa, u holda voltmetrga ketma-ket ravishda quyidagiga teng qo‘shimcha qarshilik ulanishi, kerak.
r0=rv (n-1)
Bu yerda: rv-voltmetrning qarshiligi; va
n=U/Uv=r/rv
U- zanjirga berilgan to‘la kuchlanish, Uv - voltmetrda kuchlanishning tushuvi, r - umumiy qarshilik /r=rv+r0/; shunday qilib, voltmetr yordamida n marta katta kuchlanishni o‘lchash uchun voltmetrning qarshiligidan /n-1/ marta katta bo‘lgan qo‘shimcha qarshilik ulash kerak ekan.
Reostatlar. potensiometrlar va qarshilik magazinlari. Zanjirdaga tokning kuchini o‘zgartirish uchun ko‘pincha reostatlar qo‘llaniladi. Qo‘llanishiga mos ravishda to‘rli hil reostatlar bo‘ladi. Siljiydigan kontaktli reostatlar keng qo‘llaniladi. Bu reostatlar chinni shifer silindrdan iborat bo‘lib, silindr ustiga solishtirma qarshiligi katta bo‘lgan metall sim o‘ralgan bo‘ladi. Sim ustidan kontakt /D/ siljishi va zanjirning qarshiligini asta - sekin o‘zgartirish mumkin (6-rasm). Reostat zanjirga a va c klemmalar orqali ulanadi. Agar b va c klemmalarni tok manbaiga ulasak, u holda potensiometr deb aytiladigan asbobga ega bo‘lamiz. Siljig‘ich D ni klemma C bilan b o‘rtasida siljitib 0 dan V gacha ma’lum potensiallar ayirmasiga bo‘lamiz.
Qarshilik g‘altaklaridan iborat bo‘lgan etalon qarshiliklar yig‘imiga «qarshiliklar magazini» deyiladi. Har bir g‘altak manganin yoki konstantandan yasalgan, yaxshi izolyatsiyalangan sim chulg‘amidan iborat; yig‘imning g‘altaklari umumiy qutiga joylashtiradi. Qutining ebonit qopqog‘iga og‘ir mis plastinkalar N biriktirilgan bo‘lib, bu plastinkalarning qarshiligi nolga teng deb qabul qilinadi (7-rasm). har bir g‘altakning uchlari N qo'shni plastinkalar bilan bog‘langan. Кonussimon shtepsellar plastinkalarning uyalariga zich kiradi va plastinkalar orasidagi kontaktlar xizmatini bajaradi. Agar barcha shtepsellar kiritilgan bo‘lsa, tok plastinkadan plastinaga qarshiliksiz o‘tadi, lekin birorta shtepsel chiqarib olinsa, tok faqat g‘altak orqali o‘tishi mumkin.

6-rasm


7-rasm


Кo‘p chegarali asboblar, O‘lchanayotgan kattalikning chegaralarini o‘zgartirish maqsadida elektr sxemasini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan o‘lchov asbobiga «ko‘p chegarali asbob» deyiladi. Кo‘p chegarali ampermetrlarning ichiga shuntlar, voltmetrlar ichiga esa qo‘shimcha qarshiliklar o‘rnatilgan.
Кo‘p chegarali asboblardan foydalanilganda tanlab olingan o‘lchov shkalalari mumkin qadar kamroq xatolik berishiga intiladi. Кo‘p chegarali asboblarda bir yoki bir necha shkala bo‘lishi mumkin. Shkala bitta bo‘lganda asbob ko‘rsatayotgan miqdorni o‘lchov chegarasiga moslash kerak bo‘ladi.
Masalan: tok kuchini 0 dan 3 мA, 0 dan 9 мA, 0 dan 30 мA gacha oraliqda o‘lchashi mumkin bo‘lgan va 300 bo‘linmali shkalaga ega bo‘lgan ko‘p chegarali ampermetrimiz bo‘lsin. Agar shu asbob 0 dan 3 мA gacha oraliqda ishlatilayotgan bo‘lsa, u holda asbob 210 bo‘limni ko‘rsatayotgan tok kuchi
I1 = 210т1 (2)
ga teng
Bu yerda m1 - ushbu oraliqning bo‘lim qiymati bo‘lib, m=a/N ga teng.
Bu yerda a - asbob shunday ulaganda kattalikning o‘lchash mumkin bo‘lgan eng katta qiymati (bizning holda a = 3 MA), N - asbobning oxirgi bo‘limi yonidagi raqam esa, N=300, m1=3/300 bo‘ladi.
Agar 0 dan 9 мA gacha bo‘lgan oraliqqa ulangan bo‘lsa, u holda I2= 210 m2 ga teng bo‘lib, bunda

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin