1. Asbobning tuzilishi va ish usuli Gaz issiqlik sig’imlarining nisbatini Кleman-Dezorm asbobida aniqlanadi, bu asbob havo balloni V va manometr M dan iborat. Ballon V va manometr M rezina nay orqali nasosga ulangan.
Bundan tashqari, К jo’mrak orqali ballonni tashqi atmosferaga ulash mumkin. Agarda К1 jo’mrakni nasos tomon ochib,/K2 berk bo’ladi/ ballonga havo xaydasak, ballon ichidagi xavoning bosimi va harorati
ko’tariladi. Tashqi muhit bilan issiqlik almashish hisobiga vaqt o’tgan sayin idishdagi havoning harorati pasaya boshlaydi. Natijada manometr M dagi suvning balandligi kamayib boradi. Ma’lum vaqt o’tgach idish ichidagi va tashqi haroratlar tenglashadi, manometrdagi suv ustunlarining farqi kamayishdan to’xtaydi.
Bunda manometdagi suv sathlarining farqi h1 bo’lsin. U vaqtda idish ichidagi bosim R1=R0+h /13/ bo’ladi. Bunda R0 - tashqi atmosfera bosimi. Gazning 1-holatini T1 va R1=R0+h, kattalik bilan xarakterlash mumkin.
Agarda jo’mrak К2 ni ochib, ichkaridagi bosim tashqi R0 bosimga tenglashishi bilan jo’mrakni qayta berkitsak, adiabatik kengayish vujudga keladi. Bunda idish ichidagi havoning harorati T2 gacha pasaygan bo’ladi. Bu 2-holat T2 va R0 kattaliklar bilan xarakterlanadi. Idish ichidagi havoning harorati T2 tashqi harorat T1 bilan tenglasha borib, manometrdagi suv ustunlarining farqi orta boshlaydi. Suv ustunining o’zgarishi to’xtagach tirsaklardagi suv sathlarining farqi h2 o’lchanadi. Bunda idish ichidagi havoning bosimi R2=R0+h2 /14/ bo’ladi. Bu holatni xarakterlovchi kattaliklar T1 va R2 bo’ladi. Gazning 2- va 3- holatlariga Gey-Lyussak qonunini tatbiq qilish mumkin.
/15/
Gazning 1-holatidan 2-holatiga o’tishini adiabatik kengayish deb hisoblab quyidagi tenglamani yozish mumkin.
bu tenglamaga R1=R0+h1 ni qo’yaylik buni quyidagicha o’zgartirib tenglamani hosil qilamiz. Tenglamani ikkala tomonini Nyuton binomi bo’yicha yoyib, va lar juda kichik bo’lgani uchun ularning yuqori darajali hadlarini tashlab yuboramiz va faqat birinchi darajali hadlarnigina qoldiramiz:
yoki /16/
( 14 ) tenglamadagi R2 ning qiymatini ( 15 ) ga qo’yib, unda h2 ni topamiz.
So’nggi ifodani ( 16 ) ga tenglashtiramiz:
Bu tenglamani ga nisbatan echib, ni hisoblash formulasini topamiz. /17/