4–rasm
Shisha (yoki metall) trubka millimetrli shkalaga ega bo’lgan taglikka o’rnatilgan. Bu shkala yordamida membrana M va porshen P orasidagi masofa aniqlanadi. Tovush to’lqinlarining generatori ZG ga ulangan dinamikning membranasi trubka ichidagi havoning tebranishlarini vujudga keltiradi. Porshen o’rnida elektr tebranishlari hosil qiluvchi datchik D (masalan mikrofon) o’rnatilgan. Datchik mexanik tebranishlarni elektr tebranishlarga aylantirib beradi. Datchikning yuza qismi tovush to’lqinlarini yaxshi qaytaradigan material bilan qoplangan. Tebranishlarni datchikka o’tkazib yuborish uchun bu materialda teshikchalar ochiladi. (datchikni dinamikning yoniga joylashtirish ham mumkin). Datchik hosil qilgan elektr tebranishlari ossillograf EO ga beriladi. Porshen (ya’ni datchik) ni truba bo’ylab yurgizib, ossillograf ekranida ko’rinadigan elektr tebranishlari amplitudasi keskin oshib ketgan (ya’ni turg’un to’lqinlar hosil bo’lgan) nuqtalar topiladi.
3. Ishni bajarish tartibi Tovush generatori GZ va elektron ossillograf EO elektr tarmog’iga ulanadi.
GZ ning chastotasi 1600 Gs qilib olinadi. Bu holda ossillografning ekranida signalning amplitudasini taxminan 1sm qilib olish kerak. Porshenni truba bo’ylab yurgizib, rezonans vujudga kelgan (signalning amplitudasi keskin oshgan) masofalarning qiymati yozib olinadi. Ikkita qo’shni rezonansni vujudga keltirgan porshenning holatlari belgilanadi. Porshenning bu holatlari orasidagi masofa tovush to’lqinlarining yarim to’lqin uzunligiga teng bo’ladi, ya’ni:
Li+1Li=l=T= ; l II
Xuddi shunday tajribada 2000,2400 Gs chastotalarda ham bajariladi.
/II/ formuladan foydalanib, har bir chastota uchun ning o’rtacha qiymati topiladi.
/I/ formuladan har bir chastota uchun tovush tezligi V topiladi. Bu qiymatlar orqali tovushning o’rtacha tezligi Vo’rt, absolyut xatoliklar V va ularning o’rtachasi Vo’rtva nisbiy xatolik EO’ topiladi.
/8/ formuladan = topiladi. ni aniqlashdagi xatoliklar aniqlanadi.