Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10-15 ming kilometr uzoqlikdagi SHK va aloqa tarmoqlari uzellarinibirlashtiruvchi yo’ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 kilometrni tashkil etadi.
Topshiriqlarni bajaring:
Amaliy dasturlar paketi deganda nimani tushunasiz?
Mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joyi deganda nima tushuniladi?
Ekspert tizimlar tushunchasini izohlang.
Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklari.
Boshqarishning texnik vositlariga nimalar kiradi?
Boshqarishning dasturiy vositlariga nimalar kiradi?
Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki deganda nimani tushunasiz?