2. Maʽlumotlar bazasining asosiy ob’yektlari. Relyatsion, iyerarxik va ob’yektga yoʽnaltirilgan modellari Ma’lumotlar bazasi — bu, aks ettirilayotgan muammo soha holatini (bazaga nisbatan tashqi sharoitlarni) o‘zgarishlarida miqdoriy o‘zgartiruvchi dinamik ob’ektlardir. Muammo soha ostida real dunyo (ob’ektlar, jarayonlar)ning bir qismi tushuniladi, u xuddi o‘xshash bo‘lishi, ma’lumotlar bazasida to‘liq axborotli hajmda taqdim etilishi kerak. Bazadagi ma’lumotlar yagona bir butun tizimda tashkil qilinadi, bu foydalanuvchilarni ma’lumotlarning katta hajmlari bilan unumliroq ishlashini ta’minlaydi.
Model va uning turlari Iyerarxik model — daraxt ko‘rinishidagi tuzilishga ega va pastki bosqichni yuqori bosqichga bo‘ysunishining vertikal aloqasini aks ettiradi. Bu, kerakli axborotlarga kirishni, faqat barcha so‘rovlar daraxt ko‘rinishidagi tuzilishga ega bo‘lgandagina yengillashtiradi.
Tarmoqli model murakkab bo‘ladi va iyerarxik modeldan gorizontal aloqalarning mavjudligi bilan farqlanadi. Bu aloqaning yo‘nalishli bir belgili bo‘lmaydi, bu esa model va MBBTni murakkablashtiradi.
Relyatsion model — jadvallar yig‘indisi ko‘rinishida beriladi, ular ustida relyatsion algebra atamalarida shakllanadigan operatsiyalar bajariladi. Modelning afzalligi uni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy qurollangan vositalarining nisbatan oddiyligi, ixchamligi — ma’lumotlar tuzilishi keskinligi va ishlashining tezligi ma’lumotlar bazasining miqdoriga bog‘liqligida. Hozirgi vaqtda relyatsion modellar keng tarqalgan. Ularda barcha tarkibiy qismlar o‘zaro belgilangan munosabatlar bilan bog‘langan. Modelning har bir turi o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Uni tuzilishini tushunishning osonligi relyatsion modelning asosiy afzalliklaridan biridir.
3. MBBT funksional imkoniyatlari va buyruqlari toʽplami. Accessda maʽlumotlar bazasini yaratish, tahrirlash va ularga ishlov berish.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) quyidagilarga imkon beruvchi dasturiy vositalarning to‘plamidir:
a) foydalanuvchilarni ma’lumotlarni aniqlash va amallar bajarish tili vositalari bilan ta’minlash. Bunday vositalarga ma’lumotlarni aniqlash tili (MAT) va ma’lumotlar bilan amallar bajarish tizimi (MABT) kiradi;
b) foydalanuvchi ma’lumotlarining modelini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash. Ma’lumotlar modeli ba’zi ilovaga tegishli fizik ma’lumotlarning mantiqiy taqdim etilishini aniqlash vositasidir;
c) aniqlash, yaratish va mantiqiy ma’lumotlar bilan amallar bajarishga (ya’ni tanlash, yangilash, kiritish va yo‘q qilishga) imkon beruvchi MAT va MABT funksiyalarini amalga oshiruvchi dasturlarni ta’minlash;
d) ma’lumotlarning himoyasi va yaxlitligini ta’minlash. Tizimdan foydalanish faqat shunga huquqi (himoyasi) bo‘lgan foydalanuvchiga ruxsat etiladi.