1. Ma’noning uch xil turi bor—Leksik ma’no, Grammatik ma’no, uslubiy ma’no. So‘zning grammatik ma’nosi



Yüklə 17,06 Kb.
tarix01.01.2022
ölçüsü17,06 Kb.
#106924
1 Ma’noning uch xil turi bor—Leksik ma’no, Grammatik ma’no, usl


1.Ma’noning uch xil turi bor—Leksik ma’no, Grammatik ma’no, uslubiy ma’no.

2.So‘zning  grammatik  ma’nosi.  Ma’lumki,  so‘z  lug‘aviy ma’nodan  tashqari  grammatik  ma’noga  ham  ega  bo‘ladi.  So‘zning  u  yoki bu turkumga mansubligini ko‘rsatib, uning ma’lum bir  grammatik   shaklga  egaligini  ifodalaydigan  ma’no  grammatik  ma’no  deyiladi.Masalan,  qalam,  suv,  tosh,  uy  so‘zlarining  har  biri  uchun  taalluqlibo‘lgan lug‘aviy ma’nodan tashqari, ular uchun umumiy bo‘lgan ma’no,  ya’ni ularning ot  turkumiga  mansubligi, narsalik  tushunchasi, bosh kelishik  va  birlik shakl-daligi  kabilar  mazkur  so‘zlarning  grammatik   ma’nosini  tashkil  qiladi.  Demak,  so‘zning  lug‘aviy  ma’nosi  xususiy  (ya’ni  har  bir  so‘zning  o‘zigagina  xos  bo‘lgan  ma’no),  grammatik  
ma’nosi esa umumiydir.   

3.So’zning leksik ma’nosi – so’zning material qismi — leksema bildiradigan ma’no: muayyan tovushlar majmuyini ma’lum obyektiv voqelikka bog’lash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija; lug’aviy ma’no. Masalan; "Bolalarni o’ynatdik" gapidagi birinchi so’z hali yosh, voyaga yetmagan odamni, go’dakni, ikkinchi so’z esa harakatni (bola bilan bog’langan harakatni) biddliradi. Demak, "bola" va "o’yna" so’zlaridan ifodalanadigan mazkur aniq ma’nolar shu so’zlarning leksik ma’nolaridir. So’zning leksik ma’nosi muayyan so’zning aniq mazmunini (narsa, belgi, harakat tushunchalarini ifodalash, emotsiyalarni bildirish) tashkil etadi. So’zning leksik ma’nosi o’zak-negizning o’zi bilan ifodalanadi; yasovchi affikslar ham so’zdagi material qismning ichiga kiradi. Shu jumladan leksik ma’no so’z yasalishi va leksikologiya bilan bog’liqdir. So’zning leksik ma’nosi shu so’zning o’zigagina tegishli xususiy ma’no bo’lishi bilan bir qancha o’xshash so’zlar uchun umumiy hisoblanadigan, umumiylik xarakteriga ega bo’lgan grammatik ma’no dan farq qiladi.

4. So‘z lug‘aviy ma’no-tushunchadan tashqari, insonning narsa va hodisaga bo‘lgan ijobiy yoki salbiy munosabatini ham bildiradi. Insonning ijobiy va salbiy munosabati so‘z hissiy-ta’siriy bo‘yog‘i deb yuritiladi. Masalan, yuz, aft, bashara, turq, chehra, oraz, chiroy kabi sinonimlar qatorida yuz so‘zi odam a’zosining biri haqidagi tushunchani anglatadi, bu ijobiy yoki salbiy ma’no ottenkasiga ega bo‘lmagan betaraf so‘z. Aft, bashara, turq so‘zlarida so‘zlovchining asosiy-bosh tushunchaga qo‘shimcha salbiy munosabatini ifoda etuvchi ma’no ham mavjud. CHiroy, chehra, oraz, ruxsor so‘zlariga so‘zlovchining ijobiy (hayrixoxligi, yoqimli, go‘zal kabi ma’no) munosabati ham yuklatilgan. Bunday qo‘shimcha ma’no ottenkalar kishilarning hissiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. So‘zdagi salbiy hissiy-ta’siriy bo‘yoq muayyan matn tarkibida oydinlashadi.Bet so‘zi «Beti qursin» gapida salbiy ma’no, «Beti-betiga tushsa nima deydi» gapida bu salbiy ma’no kuchsizlanadi. Kitobning beti birikmasidagi beti so‘zida salbiy ma’no umuman yo‘q.

5.Kategorial ma’no bu masalan : Ot so’z turkumiga oid so’zlar egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchasini qabul qiladi. Bundan tashqari boshqa turkumga oid so’zlar ham o’zining kategoriyasiga mansub qo’shimchalarni qabul qiladi. Demak bu o’rinda otga oid so’zlar qabul qiladigan Grammatik shakllar kategorial ma’no deyiladi.Yondosh ma’no esa agar kelishik qo’shimchalari misolida oladigan bo’lsak, biz tushum kelishigidan foydalanganimizda qolgan kelishiklar ham xotiramizda gavdalanadi. Kategorial va yondosh ma’nolarning o’xshash jihati ikkisiga ham oid Grammatik shakllar kategoriyasida turadi. Farqli jihati esa kategorial ma’noda bir kategoriyaga oid Grammatik shakllar qo’llanishishi kerak. Masalan; Bug’doyzorlarimizni so’zidagi –lar[ko’plik], - imiz [egalik], -ni[kelishik] shakllari bir umumiy kategorial ma’noni tashkil etadi. Yondosh ma’noda esa kelishiklar kategoriyasi misolida faqat 6ta kelishik shakllarini olamiz.
Yüklə 17,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin