1-ma’ruza. Bolalarda premetlarning shakli haqidagi tasavvurlarni shakllantirish Reja


Тayoqchalar yordamida turli shakllarni yasash



Yüklə 212,3 Kb.
səhifə3/7
tarix29.12.2022
ölçüsü212,3 Kb.
#121870
1   2   3   4   5   6   7
Тayoqchalar yordamida turli shakllarni yasash.
Bolalarga doirani, kvadratni 4 ga bo‘lishni o‘rgatish. Aniq material asosida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini belgilash.
Bolalarni 2 ta, 4 ta uchburchaklardan bitta ko‘pburchaklar tuzishga, kichik to‘rtburchakdan bitta katta to‘rtburchak tuzishga o‘rgatish. Beshburchak va oltiburchak bilan tanishtirish.
Yetishmagan shakl, jismni (shar, kub, silindr) topishga doir mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatish.
Geometrik shakllar ko‘rinishini o‘zgartirishga o‘rgatish: kichik uchburchaklardan to‘rtburchak shaklini yasash va boshqalar. Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik shakllardan bir necha ayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini o‘zgartirish.
Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilish.
Kichik guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish
Uch yoshli kichkintoylar dumaloq buyumlarni va burchaklari bor buyumlarni farq qilishga, ya’ni buyumlarning shakllarini elementar tahlil qilishga o‘rgatiladi.
Qarash uchun geometrik shaklga ega bo‘lgan, detallari yo‘q oddiy shakldagi buyumlar tanlanadp. Buning uchun dastlab, har xil rangdagi, ammo bir xil shakldagi, bir xil buyumlardan, masalan: uchburchak, kvad-drat, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bayroqchalardan foydalanish maqsadga muvofiq, bu kichkintoylarga shakl alomatini ajratishga yordam beradi. Shundan keyin har xil rangli bir xil buyumlarni sodda shakldagi istalgan buyumlar (koptok, ip koptok g‘ildiraklar)ni berish mumkin.
Tarbiyachi bolalarga buyumlarning shakllarini payqash — harakat yo‘li bilan, “shakl” so‘ziga urg‘u bergan holda tahlil qilishni o‘rgatadi. U buyum konturi (tashqi ko‘rinishi) ustidan ko‘rsatkichni yuritib chiqadi, oxirida u buyum ustidan qo‘lini o‘tkazib “dumaloq” (g‘ildirak), — deydi.
Bolalarni birgalikda harakat qilishga jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Kichkintoylar tarbiyachining qo‘l harakatini kuzatib, xuddi shunday harakatni havoda bajarishga “yordam” berishadi. Buyum konturi ustidan qo‘l yoki ko‘rsatkich barmoq aylantirib chiqiladi. Har galgi harakat buyum ustidan qo‘lni tekkizib chiqish bilan tugaydi, shunday qilinmasa, shakl haqidagi tasavvur kontur chizig‘i bilan bog‘lanib qolishi mumkin. Tarbiyachi bolalarda buyumlar konturini o‘rab olish ularni qo‘l bilan qamrab olish, qo‘lni sirt bo‘yicha siypalab chiqish, buyumlarni dumalatish, ularni har-xil holatga qo‘yish istagini uyg‘otadi. Natijada yumaloqlangan va burchakli buyumlarning xossalarini (turg‘un, turg‘un emas va h.k.) topadilar.
“Shakli bo‘yicha o‘xshashlarini tanla” kabi o‘yin-mashqlardan foydalanish mumkin. Chaqirilgan bola o‘z buyumini tekshirib chiqib, uni shu shakldagi buyumlar turgan stolga o‘tkazib qo‘yishi kerak. Keyinroq bolalar buni mustaqil bajaradilar, masalan, o‘z stollari yonida o‘tirgan hollarida har xil shakldagi buyumlarni ajratib qutilarga solishadi: bir qutiga-dumaloq (doiraviy), ikkinchi qutiga burchakli (burchaklari bo‘lgan) buyumlarni solishadi.
Kichik guruhda bolalar doira va kvadrat bilan tanishtiriladi. Buning uchun tarbiyachi dastlab har bir bolaga 2 tadan geometrik shakl, masalan, qizil doira va yashil kvadrat beradi (tarbiyachining o‘zida ham shular bo‘ladi). Tarbiyachi bolalarga 2 ta shakldan bittasining nomini aytmagan holda ko‘rsatadi va ulardan xuddi shunday shaklni topish va ko‘r-satishni so‘raydi. So‘ngra ikkinchi shaklni ko‘rsatib, bolalardan o‘z stollaridan xuddi shunday shaklni topib ko‘rsatishni so‘raydi. Maktabgacha yoshidagi bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish metodikasida buyumlarni payqash — harakat yo‘li bilan tekshirish usullariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Buni qanday bajarishni tarbiyachi ko‘rsatadi: u bolalarni birga ishlashga jalb qilgan holda, buyum konturi ustidan bir necha marta ko‘rsatkich barmog‘ini yuritib chiqadi (bola har bir shakl konturi ustidan qo‘lini yuritib chiqadi). Bunda u shakl nomini aytadi. Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar tarbiyachining har bir geometriq shakl konturini hosil qilayotgan qo‘l harakatini kuzatishadi. Shundan keyin o‘zlari shakl konturi bo‘yicha barmoqlarini yuritib chiqib, uning nomini aytishadi. Bolalarni kontur ustidan barmoq yuritib chiqish bo‘yichamashq qildirish uchun 2—3 ta doira, kvadrat tasvirlangan kartochkalardan ham foydalanish mumkin.
O‘z tarbiyalanuvchilarini doira va kvadratni ajrata olish bo‘yicha bir necha marta mashq qildirib, tarbiyachi bolalarni shakllar bilan aktiv harakat qilishga (qo‘lga olish, bir-birining ustiga qo‘yish, qator qilib qo‘yish) chorlaydi. Bu bolaga geometrik shakllarning nomlari va shakllarini eslab qolishga yordam beradi.
Keyingi mashg‘ulotlarda tarbiyachi o‘zidagiga qaraganda kichiko‘lchamdagi, ammo rangi bir xil bo‘lgan doira va kvadratlarni beradi, so‘ngra esa namunadan o‘lchami ham, rangi ham farq qiladigan doira va kvadratlarni beradi.
Bolalarning doira va kvadrat haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun (“Doirani o‘ng qo‘lingga ol”, “Kvadratni chap qo‘lingga ol”, “Qo‘lingda turgan narsaning nomini ayt”, “Hamma doiralarni yuqori chiziqqa, hamma kvadratlarni pastki qiziqqa qo‘y” kabi topshiriqlardan, shuningdek “Top-chi, xaltada nima bor”, “Juftini ton”, “O‘z uyingni top” kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin.
Bunday topshiriqlarga mashg‘ulotning bir qismini ajratish kerak, qolgan vaqtda esa doira va kvadratlardan ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan va tarqatma material sifatida foydalanib, buyumlar to‘plamini yoki bitta buyumni topish, yoki yoniga qo‘yish yo‘li bilan buyumlar guruhlarini taqqosla-sh kabi mashqlarga bag‘ishlash mumkin. Bolalarni buyumlarni ularning tasvirlari bilan mos keltirish bo‘yicha (“Buyum va uning tasviri”, “Bizning tomorqa” kabi o‘yinlarda) mashq qildirish ham foydali.
Oxirgi o‘yinda bolalar buyumning kontur va yassi tasviri orasidagi moslikni idrok qilishni mashq qiladilar. Buyumlar shaklini abstrakt geometrik shakllar bilan taqqoslash kichkintoylar uddalay oladigan ish. Bolalar geometrik shakllarni har qanday buyumni — koptokni, g‘ishtni va boshqa narsalarni qanday idrok qilsalar, shunday idrok qiladilar.
Binobarin, bolalar qurilishkomplektlarida, mozaikalarda har xil geometrik shakllar bilan doimo uchrashadilar va ular shakllarning to‘g‘ri nomlarini bu nomlarni eslab qolish shart bo‘lmasa ham, eshitishlari kerak.
Har xil shakldagi teshiklar ochilgan taxtachalar, teshikli yashiklar (bu teshiklarga shakli bo‘yicha tegishli shakllar qo‘yiladi) bilan o‘ynar ekanlar, ular-aslida geometrik obyektlarning shakli bo‘yicha mos keltirish harakatlarini egallaydilar.
To‘plangan sensor tajriba, maxsus mashg‘ulotlarda yumaloqlangan va ko‘pburchak shaklidagi buyumlar bilan ishlash asosida kichkintoylar doira va kvadrat bilan tanishadilar.
Birinchi shunday mashg‘ulotda bolalar katta va kichik doiralarni, ikkinchi mashg‘ulotda esa, doira va kvadratlarni farq qiladilar.
Har bir bolaga turli ko‘rinishdagi va har xil rangli, ikki-uch o‘lchamli ikki-uchta shakl beriladi. Shakllar karton, faner, yoki qalin qog‘ozdan tayyorlanadi. Doiralar va kvadratlar tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Har qaysi jadvalda ikki-uchtadan shakl har xil holat va har xil kombinatsiyalarda beriladi. Bolalar shakllarni tekshirib, ularning shakllari bo‘yicha ajratadilar, masalan, kartochkaning yuqori chizig‘iga doiralarni, pastki chizig‘iga kvadratlarni qo‘yadilar. Qaysi shakllar ko‘p, qaysi shakllar kam ekanini topadilar, shakllar nomini aytadilar.

Таrbiyachi bolalarga o‘yin-toshliriqlarini berib shakllarni tanish va atash bo‘yicha mashq qildiradi: “O‘ng qo‘lingda kvadrat, chap qo‘lingda doirani keltir”, “Qo‘limda nima borligini top”, “Xuddi shunday shakl top” (bolalar tarbiyachidagi shakl shaklidagi shaklni topadilar), shuningdek, bunda “Shakllar dominosi”, “O‘z uyingni top” (uychalar har xil shakldagi belgilar bilan belgilanadi) kabi o‘yinlardan foydalanadi. Natijada kichkintoylar o‘lchami va rangiga bog‘liq bo‘lmagan doira, kvadratlarni topishadi, doiraning dumalashini, uning burchaklari yo‘qligini, kvadrat dumalamasligini, uning burchaklari ko‘pligini bilib oladilar.
Tarbiyachi to‘plamlarning tengligi bilan tanishtirishda tarqatma va demonstratsion material sifatida doiralar va kvadratlardan foydalanadi, bolalarnishakllarning aniq nomlarini ishlatishga o‘rgatadi.

Yüklə 212,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin