1-Ma’ruza: davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normativ huquqiy va nazariy asoslari reja


Kadastr ob’ektlarini hisobga olish



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə10/60
tarix25.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#134212
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
1-Ma’ruza davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normati-fayllar.org (1)

3. Kadastr ob’ektlarini hisobga olish
Kadastr ob’ektlarini hisobga olish vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli bo‘linmalari tomonidan kadastr ob’ektlarining chegaralari doirasida, shuningdek aholi punktlari, tumanlar, mintaqalar, tabiiy va iqtisodiy tegralar hamda butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ularning amaldagi holati va ulardan foydalanilishiga ko‘ra olib boriladi.


4. Kadastr ob’ektlarini baholash
Kadastr ob’ektlarini baholash sifat va qiymat jihatidan baholashni o‘z ichiga oladi.
Kadastr ob’ektlarini sifat jihatidan baholash ularning tabiiy va jismoniy tavsiflari asosida amalga oshiriladi.
Kadastr ob’ektlarini qiymat jihatidan baholash ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


5. Kadastr hujjatlari
Kadastr ob’ektiga bo‘lgan mulk huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, ob’ektning kadastr yig‘majildi, kadastr xaritasi (plani), kadastr kitobi, kadastr ob’ektlarining holati haqidagi hisobot kadastr hujjatlarining asosiy turlaridir.
Kadastr yig‘majildi kadastr ob’ektiga bo‘lgan huquqni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan kadastr ob’ektini kadastr suratiga olish, texnik inventarizatsiya qilish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlaridan iborat bo‘ladi.
Kadastr xaritasi (plani) kadastr ob’ektlari joylashgan erni, ularning chegaralari, muhofaza tegralari, baholash, miqdor va sifat tavsiflarini aks ettiruvchi grafik chizma hujjati bo‘lib, u qog‘ozda, magnit va boshqa vositalarda tuziladi.
Kadastr kitobi kadastr ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olishning asosiy hujjati hisoblanib, u kadastr ob’ektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor hamda sifat jihatdan tavsiflari va bahosi haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin