1-Ma’ruza: davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normativ huquqiy va nazariy asoslari reja



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə12/60
tarix25.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#134212
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60
1-Ma’ruza davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normati-fayllar.org (1)

Kadastr zonalari chegaralari kadastr massivlarining tashqi chegaralari tabiiy ob’ektlar (daryolar, temir yo‘llar, magistral kanallar, kollektorlar, boshqa muntazam ob’ektlar) bo‘ylab o‘tishi kerak.
Kadastr zonasi hududi o‘z navbatida kadastr massivlariga bo‘linadi.
Qishloq joylarida kadastr massivi sifatida qishloq aholi punktlari, qishloq xo‘jaligi va boshqa maqsadlardagi erlar qabul qilinadi.
Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda (shaharchalarda) kadastr massivlari sifatida mahalla hududi yoki shahar va shaharchalarning ayrim qismlari qabul qilinadi. Bunda kadastr massivlari chegarasi kadastr mavzelarining tashqi chegaralari bo‘ylab o‘tishi va aholi punktlarining ko‘chalari yoki tashqi chegaralari bilan mos kelishi kerak.
Kadastr massivi hududi kadastr mavzelariga bo‘linadi.
Qishloq joylarida kadastr mavzesi sifatida qishloq xo‘jaligi va boshqa maqsadlardagi erlar, bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari hududi qabul qilinadi.
SHahar va shaharchalarda kadastr mavzesi sifatida shahar va shaharchalarning bosh rejalari, mavjud uzun ob’ektlar (ko‘chalar, yo‘llar, daryolar, kanallar va boshqalar), boshqa tabiiy ob’ektlar chegarasi hisobga olingan holda har xil belgilar (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi va hokazolar) bo‘yicha ajralib turadigan er uchastkalarining jami qabul qilinadi.
Kadastr mavzelarining hududini shunday shakllantirish kerakki, ularda er uchastkalarining soni to‘rt razryadli o‘nli sondan (ya’ni 9999 dan) ortmasligi zarur. Amalda shunday holat yuz bersa, ushbu kadastr mavzesi ikkiga bo‘linishi kerak.
Kadastr bo‘yicha bo‘lishning birlamchi birligi bo‘lib, belgilangan tartibda shakllantirilgan er uchastkasi hisoblanadi.
Muayyan yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirilmagan umumiy foydalanishdigan erlar (ko‘chalar, maydonlar, ko‘kalamzorlar, zaxira erlar) kadastr bo‘yicha bo‘linmaydi va ularga kadastr raqami berilmaydi.


Er uchastkasi, bino va inshootlar kadastr raqamining tarkibi va ularni shakllantirish va berish tartibi
Er uchastkalari, binolar va inshootlarni O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiyalash tizimi yagona prinsip bo‘yicha yaratiladi, unga er uchastkasining kadastr raqami asos qilib olinadi.

Kadastr raqami – bu er uchastkasi, bino, inshootga tegishli O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir. U qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona ob’ekti sifatida mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qolinadi.


Kadastr bo‘yicha raqamlash tizimi er uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olishning yagona tizimiga birlashtiriladi.
Quyidagilar er uchastkasi, bino, inshoot kadastr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi:
hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) kodi;
hududlar tarkibidagi ma’muriy tuman yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasiga va viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlarning kodi;
kadastr zonasi kodi;
kadastr massivi kodi;
kadastr mavzesi kodi;
er uchastkasining kodi;
bino, inshootning kodi;
bino, inshoot bir qismining kodi.
Ko‘chmas mulk ob’ektlarining kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
AAVVSSDDEEFFFFGGGGHHH,
bunda:
AA – hududlarning (Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining) kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
VV – hududlar tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilmalarning (ma’muriy tumanlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarning) kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
SS – kadastr zonalari kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
DD – kadastr zonalari doirasida kadastr massivlari kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
EE – kadastr massivlari doirasida kadastr mavzelari kodini bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
FFFF – kadastr mavzelari doirasida er uchastkalari kodini bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;
GGGG – er uchastkalari doirasida bino va inshootlar kodini bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;
NNN – bino va inshootlar bir qismi kodini bildiruvchi uch razryadli o‘nli son.
Ushbu tartibdan kelib chiqib, er uchastkalarining kadastr raqami 14 razryadli o‘nli sondan iborat bo‘lishi shart.
Bino va inshootlarning kadastr raqami, ushbu bino va inshootlar joylashgan er uchastkasining kalastr raqamidan keyin bino va inshshotga berilgan to‘rt razryadli o‘nli sondan iborat kod qo‘shilib, 18 razryadli o‘nli sondan iborat bo‘ladi.
Ma’muriy tuman, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar doirasida kadastr zonalarini, kadastr zonalari doirasidagi massivlarni hamda massivlar doirasidagi mavzelarni raqamlash (kodlash), ularni zonalarga, massivlarga va mavzelarga bo‘lish jarayonida amalga oshiriladi..
Kadastr zonalari, massivlari va mavzelilari barcha hujjatlarda ularning kodi bilan belgilanadi, ularga nom berilmaydi.
Kadastr zonalari, massivlari va mavzelarining chegaralari, odatda, shaharlar, shahar tumanlari, qishloqlar, ovullarning ma’muriy chegaralari bo‘yicha qabul qilinadi. Keyinchalik, ma’muriy chegaralar o‘zgarganda, kadastr bo‘yicha bo‘linish tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Er uchastkasiga kadastr raqamini berish er uchastkasi ko‘chmas mulk ob’ekti sifatida shakllantirilgandan keyin tuman (shahar) er kadastri daftarini to‘ldirish jarayonida amalga oishiriladi.
Er uchastkalariga berilgan kadastr raqami ularni hisobga olish reestrida aks ettiriladi.
Tuman (shahar) hududida joylashgan tegishli soha kaddastrlarida aynan nom yoki raqam bilan alohida hisobga olinadigan uzun muxandislik ob’ektlari (kanallar, kollektorlar, avtomobil va temir yo‘llari) joylashgan erlar mustaqil er uchastkalari hisoblanadi va ularga tuman (shahar) doirasida, ular qanday zonalar, massivlar va mavzelarda joylashishidan qat’i nazar, bir kadastr raqami beriladi.
Uzun er uchastkalarining kadastr raqamini shakllantirishda, ular qaysi zonada ko‘proq joylashgan bo‘lsa, usha zona kodi, shu zonadagi qaysi massivda ko‘proq joylashgan bo‘lsa, usha massiv kodi, ushbu massivda qaysi mavzeda ko‘proq joylashgan bo‘lsa, usha mavze kodi va ushbu mavzedagi navbatdagi er uchastkasi kodi beriladi.
YAngi er uchastkasi bir nechta mavzelar hududidan berilgan bo‘lsa, shu er uchastkasi qaysi mavzeda ko‘proq joylashgan bo‘lsa, usha mavzening kodi beriladi va hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish kartografik materiallarga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.
YAngidan suratga olish (tuzatishlar kiritish), ro‘yxatga olish, yangi kadastr xaritalarini (planlarini) tayyorlash jarayonida er uchastkasi, bino va inshootning (ularning bir qismidan tashqari) kadastr raqamini tashkil etuvchi majburiy elementlari (kodlar) o‘zgartirilmaydi.
Binolar va inshootlarning kadastr raqami ma’lum er uchastkasidagi bino va inshootlarning har biriga birinchisidan boshlab, qolganlariga navbatdagi tartib raqami berish yo‘li bilan shakllantiriladi.
Bino va inshootlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasida, bino va inshootlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘xatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvoxnomalarda va boshqa kadastr hujjatlarida uning kodi, er uchastkasining kadastr raqamiga qo‘shilib, misol uchun, 0001-5 shaklida yoziladi va “5” raqami ushbu er uchastkasida beshta bino va inshoot borligini bildiradi.
Bino va inshootlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘xatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvoxnomalarning bo‘sh varag‘ida har bir bino va inshootning plandani tartib raqami, tuliq kadastr raqami va binoning turi yoziladi.
Bino va inshootlar bir qismining kadastr raqami asosiy binoning bir qismi sifatida navbatdagi raqam berish yo‘li bilan shakllantiriladi.
Bino va inshootlarning bir qismi bo‘lib, u asosiy binodan boshqacha huquqiy maqomga ega (rasmiy huquq egasi boshqa shaxs) bo‘lgan uning ayrim xonalari (kvartiralar, alohida xonalar va ulardan ajralib turgan boshqa qismlari) hisoblanadi.
Ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarga kadastr raqamini shakllantirish jarayonida uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki shu uyni ishlatib turadigan boshqa tashkilotlarning er uchastkasi va aynan uyning kadastr raqami asos qilib olinadi. Er uchastkasidagi binoning bir qismi sifatida kvartira tartib raqami qabul qilinadi.
Binolar va inshootlarga kadastr raqami ushbu binolarga va inshootlarga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida er uchastkasining bino va inshootlar aks ettirilgan plani tayyorlangandan keyin beriladi.
Butun er uchastkasiga, bino va inshshotlarga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda va (yoki) ularga bo‘lgan huquq turi o‘zgarganda, ushbu ko‘chmas mulk ob’ektlarining kadastr raqami o‘zgarmaydi.
Er uchastkalarining chegaralari va maydoni, ularni bo‘lish yoki qo‘shish yohud bir qismini olib qo‘yish natijasida o‘zgarganda hamda yangi er uchastkasi tashkil etilganda, ularga belgilangan tartibda yangi kadastr raqami beriladi.
Bunda oldin berilgan kadastr raqamlari bekor qilinadi va ular keyinchaliq qo‘llanilmaydi.
Ko‘chmas mulk ob’ektlariga berilgan kadastr raqamlari er kadastri daftarida, erga bo‘lgan huquq davlat reestrida, bino va inshootlarning kadastr daftarida, bino va inshootlarni hisobga olish reestrida va boshqa kadastr hujjatlarida aks ettiriladi.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin