1. O‘zbekiston Respublikasining SHaharsozlik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasining 04.04.2002 yil 353-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 04.04.2002 yil 354-II-son Qaroriga muvofiє amalga kiritilgan)
2. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni (15.12.2000 yil № 171-II)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”
4. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizomi”ni tasdiqlash haqidagi 2005 yil 15 noyabrdagi 250-son qaroriga 2-ilova.
YURITISH TARTIBI
1. HAQBB vakolatli bo‘linmalari DSHK ob’ektlari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarini to‘playdi.
2. HAQBB vakolatli bo‘linmalari DSHK ob’ektlari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarini "Davarxitektqurilish" qo‘mitasining DSHKni yuritish bo‘yicha vakolatli tashkilotiga beradi.
3. "Davarxitektqurilish" qo‘mitasining DSHKni yuritish bo‘yicha vakolatli tashkiloti hududiy arxitektura va shaharsozlik organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan DSHK ob’ektlari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarini oladi.
4. "Davarxitektqurilish" qo‘mitasining DSHKni yuritish bo‘yicha vakolatli tashkiloti kadastr axborotlarini DKYAT ma’lumotlar bazasiga beradi.
5. "Davarxitektqurilish" qo‘mitasining DSHKni yuritish bo‘yicha vakolatli tashkiloti so‘rovga ko‘ra DKYAT ma’lumotlar bazasidan DSHK ob’ektlari bo‘yicha axborotlarni olishi mumkin.
6. "Davarxitektqurilish" qo‘mitasining DSHKni yuritish bo‘yicha vakolatli tashkilotiga DSHK ob’ektlari bo‘yicha zarur axborotlarni HAQBB vakolatli bo‘linmalariga yuboradi.
7. DKYAT va DSHK ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar so‘rovga ko‘ra DSHK ob’ektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini belgilangan tartibda olishi mumkin.