2. Mintaqaviy darajada: - Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarining 1:10 000 yoki 1:25 000 masshtabdagi yagona raqamli kartografik asosi;
- davlat chegarasi va ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish birliklarining chegaralari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hududlari va aholi punktlari chegaralaridan tashqaridagi mintaqaviy ahamiyatga molik bo‘lgan ob’ektlar hududlarining ayrim qismlarini rejalashtirish sxemalari;
- hududlarni istiqbolli rivojlantirishning loyiha qarorlari va muhandislik, transport hamda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari;
- hududlardan foydalanish, mintaqalar hududlarini ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik, tuproq, iqtisodiy, soliq va boshqalarga oid mintaqalarga bo‘lish bo‘yicha davlat kadastrlari va axborot tizimlarining axborot resurslari;
- hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, er tuzish va boshqa sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlari.
3. Tuman darajasida: - tuman hududining 1:5 000 yoki 1:10 000 masshtabdagi yagona raqamli kartografik asosi;
- qishloq va posyolka fuqarolar yig‘inlari hamda mahallalarning ma’muriy-hududiy birliklari chegaralari;
- tuman hududini kadastr bo‘yicha bo‘lish birliklarining chegaralari;
- er uchastkalarining chegaralari;
- tuman hududini va aholi punktlari chegaralaridan tashqaridagi mintaqaviy ahamiyatga molik ob’ektlar bilan birgalikda hududlarning ayrim qismlarini rejalashtirish sxemalari;
- hududlar davlat kadastri axborot tizimlari alohida tuzilmaydigan tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar, posyolkalar, qishloq aholi punktlarining bosh rejalari, hududlarni zonalashtirish rejalari, ko‘rsatib o‘tilgan aholi punktlarining tarixiy-arxitektura rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- aholi punktlari haqidagi boshqa ma’lumotlar;
- hududlardan foydalanish, tuman hududini ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik, tuproq, iqtisodiy, soliq va boshqalarga oid mintaqalarga bo‘lish davlat kadastrlari hamda axborot tizimlarining axborot resurslari;
- hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, er tuzish va boshqa sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlari.