Kadastr ob’ektlarining holati to‘g‘risidagi hisobot davlat kadastrining har bir turi bo‘yicha belgilangan tartibda tuziladi hamda kadastr ob’ektlarining alohida hududlar va butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha miqdor va sifat holati, bahosi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
4-Ma’ruza: O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish hamda kadastr raqamlarini shakllantirish
Reja:
O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish tarkibi va prinsiplari
Er uchastkasi, bino va inshootlar kadastr raqamining tarkibi va ularni shakllantirish va berish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish tarkibi va prinsiplari
Kadastr bo‘yicha bo‘lish – bu O‘zbekiston Respublikasi hududini belgilangan tartibda kartografik materiallarda (kartalarda, planlarda, sxemalarda) kadastr birliklariga (zonalar, massivlar, mavzelar) bo‘lishdir.
O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish ko‘chmas mulkni hisobga olishning yagona tizimini yaratish hamda er uchastkalari, binolar va inshootlarga kadastr raqamlari berish maqsadida amalga oshiriladi.
Kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘mas mulk ob’ektlariga kadastr raqami berish tizimi ko‘chmas mulkni hisobga olishning yagona tizimida har qanday er uchastkalari, binolar va inshootlarni bir xilda identifikatsiyalashni ta’minlashi kerak.
Hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish har bir tumanda va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlarda tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar), kadastr zonalari (birnechta kadast massivlarinin birlashmasi), kadastr massivlari (bir nechta kadastr mavzelarining birlashmasi), kadastr mavzelari (bir nechta er uchastkalarining birlashmasi), er uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish birliklari hisoblanadi.
Ayrim holatlarda tuman va shahar hududining xususiyatlariga, er uchastkalarining soniga, katta-kichikligiga qarab, ayrim zonalar bitta massivdan, ayrim massivlar bitta mavzedan va ayrim mavzelar bitta er uchastkasidan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Hududlar, tumanlar (shaharlar) darajasida kadastr bo‘yicha bo‘lish chegaralari ma’muriy-hududiy bo‘linish chegaralariga to‘g‘ri kelishi kerak. Ma’muriy tuman (shahar) hududi tegishli ravishda kadastr zonalariga bo‘linadi.
Ma’muriy tuman hududini bo‘lishda kadastr zonalari sifatida qishloqlar, ovullar va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar (shaharchalar) hududlari qabud qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasiga hamda viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar hududini bo‘lishda kadastr zonalari sifatida shahar tumanlari (mavjud bo‘lsa) yoki turli (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi kabi) belgilari bo‘yicha ajralib turadigan shaharlar qismlari, masalan: sanoat zonasi, turar joy massivlari, istirohat bog‘lari, dam olish zonalari va shu kabilar, qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |