joylardagi kadastr bo‘linmalarining ishini muvofiqlashtiradi;
avtomobil yo‘llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud bo‘lishini ta’minlaydi;
ma’lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni yo‘l korxonalariga beradi, ma’lumotlar bazasi to‘g‘ri to‘ldirilishi ustidan nazorat qiladi;
hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlarining kadastr bilan ishlaydigan xodimlarini avtomobil yo‘llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitishni tashkil etadi;
hududiy shu’ba yo‘l-qurilish tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va uni avtomobil yo‘llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
avtomobil yo‘llarining yangi ob’ektlari to‘g‘risidagi hisobga olish va baholash ma’lumotlari to‘planishi ustidan nazorat qiladi;
kadastr axborotlari DKYATga tezkor berilishini amalga oshiradi;
har yili belgilangan tartibda DKYATga "O‘zavtoyo‘l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining avtomobil yo‘llari ob’ektlarining holati va ulardan foydalanish to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
|
kelib tushadigan axborotning sifatini nazorat qiladi;
AYDK AATni joriy qilish va yuritish ishlarini amalga oshiradi;
avtomobil yo‘llari ob’ektlari mulkdorlari va foydalanuvchilaridan ushbu ob’ektlar to‘g‘risidagi hisobga olish hamda baholashga oid axborotni to‘playdi;
barcha avtomobil yo‘llari ob’ektlari bo‘yicha kadastr axborotini va hujjatlarini shakllantiradi;
AYDK ob’ektlarining holati va ulardan foydalanish to‘g‘risida har yillik hisobot tuzadi.
|
kelib tushadigan axborotning sifatini nazorat qiladi;
AYDK avtomatlashtirilgan axborot tizimini (AAT) joriy qilish va yuritish ishlarini amalga oshiradi;
avtomobil yo‘llari ob’ektlari mulkdorlari va foydalanuvchilaridan ushbu ob’ektlar to‘g‘risidagi hisobga olish hamda baholashga oid axborotni to‘playdi va tizimga soladi;
avtomobil yo‘llari ob’ektlarining texnik pasportlarini tuzadi, barcha avtomobil yo‘llari ob’ektlari bo‘yicha kadastr axborotini va hujjatlarini (kadastr yig‘ma jildlarini) shakllantiradi;
AYDK ob’ektlarining miqdor va sifat holatidagi, ularning atrof-muhitga, ekologik-iqtisodiy bahosiga ta’siridagi joriy o‘zgarishlarni hisobga olish ishlarini yuritadi;
Avtomobil yo‘llari ob’ektlari kadastr daftarini, navbatchi kadastr kartasini yuritadi;
avtomobil yo‘llarining yangi ob’ektlarini kadastr hisobiga qo‘yadi;
avtomobil yo‘llari ob’ektlarining holati va ulardan foydalanish to‘g‘risida har yillik hisobot tuzadi;
avtomobil yo‘llari ob’ektlari bo‘yicha axborotni HYET kadastr bo‘linmasiga uzatadi.
|