Xavfli geologiya jarayonlari yuqori bo‘lgan zonalar (XGJYUZ) bo‘yicha
kadastr ob’ektining (xavfli geologiya jarayonlari ro‘y berish zonasi) va kadastr ob’ekti elementlarining (kichik zona va uchastka) nomi;
kadastr nomeri (soy havzasi, xavfli geologiya jarayonlari - XGJ rivojlanish uchastkasi);
kadastr ob’ektining, rivojlanishi mumkin bo‘lgan va har yili XGJ bilan zararlanadigan maydon hajmlari;
joylashgan o‘rni (XGJ ro‘y bergan joy, ma’muriy manzili, koordinatlari);
XGJning rivojlanish turlari (ko‘chkilar, o‘pirilishlar, cho‘kishlar, emirilishlar, suffiziyalar va karstlar);
xavfli geologiya jarayonlari ro‘y berish zonasida joylashgan ob’ektlar ro‘yxati;
xavfli geologiya jarayonlari etkazgan zarar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
1:25000 masshtabli xavfli geologiya jarayonlari ro‘y berish zonalarining kadastr xaritalari (hisobdagi, operativ) hamda qog‘oz va elektron manbalardagi 1:200000 masshtabli kadastr ob’ektlari xaritalari;
|
Seysmik xavf yuqori bo‘lgan zonalar (SXYUZ) bo‘yicha
kadastr ob’ektining nomi - turlicha toifali seysmik xavfli zonalar, kadastr ob’ekti elementlari - seysmogen zonalar, toifalar bo‘yicha tabaqalashtirilgan seysmik ta’sirning seysmogenlararo maydonlari, kuchli zilzilalar markazi (pleystoseyst) hududlari;
seysmogen zonalarning, seysmik xavf toifalari bo‘yicha seysmik ta’sirning seysmogenlararo maydonlari kadastr nomeri;
seysmogen zonalarning va seysmik ta’sir zonalarining xarakterli ta’sirlari (kengligi va uzunligi) bilan belgilanadigan kadastr ob’ekti hajmlari;
yuqori seysmik xavfning rivojlanish turlari (seysmogen zonalar doirasida kuchli zilzilalarning takrorlanuvchanligi, muayyan maydonda silkinishlar takrorlanuvchanligining muqarrarlik bahosi);
yuqori seysmik xavf zonalaridagi ob’ektlar ro‘yxati;
yuqori seysmik xavf etkazgan zarar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik);
ayrim hududlar uchun 1:1000000, 1:500000, 1:200000 masshtabli tabiiy xavf yuqori bo‘lgan seysmik zonalarning qog‘oz va elektron manbalardagi kadastr xaritalari;
|
Gidrometeorologiya hodisalari xavfi yuqori bo‘lgan zonalar (GMHXYUZ) bo‘yicha
kadastr ob’ektining (gidrometeorologiya hodisalarining yuqori xavfli zonalari, daryolar havzasi, tizmatog‘ yonbag‘irlari, kotlovina), kadastr ob’ekti elementlari (kichik zona - soy havzasi, yonbag‘ir joylashuvi, gidrometeorologiya xavfining ro‘y berish uchastkasi) nomi;
kadastr nomeri (daryo va soy havzasi, tizmatog‘ yonbag‘ri, kotlovina bo‘yicha);
joylashgan o‘rni (ma’muriy manzili, xavfli gidrometeorologiya hodisasi ro‘y berish uchastkasi);
xavfli gidrometeorologiya hodisasining turlari (tavsifi);
paydo bo‘lishining asosiy sabablari;
xavfli gidrometeorologiya hodisalarining ro‘y berish zonasida joylashgan ob’ektlar ro‘yxati;
xavfli gidrometeorologiya hodisalari etkazgan zarar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
xavfli gidrometeorologiya hodisalari ro‘y berish zonalarining qog‘oz va elektron manbalardagi 1:25000, 1:200000 masshtabli kadastr xaritalari.
|