b) Er osti suvlari bo‘yicha (Davlat geologiya qo‘mitasi): kadastr ob’ektining nomi (yuzaga kelgan joyi yoki uchastkasi);
ob’ektning kadastr raqami;
kadastr ob’ektining o‘rnashgan joyi (viloyat, tuman, geografik koordinatalari);
kadastr ob’ekti ishga solingan sana (sun’iy suv ob’ektlari uchun);
yuridik yoki jismoniy shaxsning – mulkdor, egalik qiluvchi, foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining nomi va manzili;
foydali qazilmaning (er osti suvlarining) turi: chuchuk, minerallashgan, termal, mineral, sanoatga oid;
tasdiqlangan ekspluatatsion zahiralar to‘g‘risida ma’lumotlar (miqdori, zahiralarni tasdiqlagan organ, tasdiqlash sanasi);
suv olish (ekspluatatsion) inshootining turi va egallagan maydoni;
suvdan foydalanish maqsadi va olinadigan suvning miqdori;
kadastr ob’ektining joylashish, suv olish inshootlarining sanitar muhofazaning chegaralari ko‘rsatilgan joylashish sxemasi;
v) suv resurslaridan foydalanish va erlarning meliorativ holati (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi): Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda oylar, yil choraklari bo‘yicha va butun yil davomida suv resurslaridan haqiqatda foydalanish to‘g‘risida suvdan foydalanish turlari: sug‘orish, kommunal xo‘jalik, sanoat, energetika, baliq xo‘jaligi bo‘yicha bo‘lingan ma’lumotlar;
suv resurslarining qiymat bahosi;
suvdan foydalanuvchilarning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
20-Ma’ruz:. Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi
NORMATIV HUQUQIY BAZASI
1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni (15.12.2000 yil № 171-II)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”
3. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizomi”ni tasdiqlash haqidagi 2005 yil 15 noyabrdagi 250-son qaroriga 1-ilova.