Kurs ishlarini talabalar o`qituvchilar rahbarligi ostida yozuv qog`ozi hajmida 25-30 varaqda, qoida bo`yicha intеrvaliga amal qilgan holda, 20 tadan kam bo`lmagan adabiyot ma’lumotlaridan foydalanib bajaradilar. Ilyustratsiyalar (rasmlar, grafika, jadval va chizmalar) mavzu bo`yicha bajariladi. Agarda tasvirlar sur’at holida bo`lsa, ishning kеrakli joyiga yopishtiriladi. Tipografik rasmlarni yopishtirish tavsiya etilmaydi, chunki, ular ishni ortiqcha bеzatilishiga sabab bo`lishi mumkin. Ayniqsa, darsliklar, qo`llanmalar, monografiya va boshqa adabiy manbalardan olingan rasmlarni qo`llash taqiqlanadi. Bunday hollarda talabalarni javobgarlikka tortilib, kurs ishi qabul qilinmaydi. Kurs ishlari yil davomida olib borilib, 8 sеmеstr yakunida himoyasi o`tkaziladi. Kurs ishlari 100 ballik tizimida baholanib va reyiting daftarchasiga qo`yiladi.
Informatika ixtisosligi fanlarini o’qitish metodikasidan kurs ishi kafеdra professor-o’qituvchilari tomonidan tuzilgan, uslubiy qo`llanma asosida bajariladi.
Nazorat savollari
Nazorat savollari
O’quv jarayonida mustaqil ishlarning tutgan o’rni qanday?
Nima sababdan mustaqil ta'lymga alohida e'tibor qaratilayapti?
Mustaqil ta'limning asosiy maqsadi nima? U qanday vazifalarni bajaradi?
Talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning qanday asosiyprinsiplarini bilasiz?
Kurs ishi, ilmiy doklad, referat va boshqa mustaqil ishlarni bajarish, sizningcha, qanday ahamiyatga ega?