Bunda o’qituvchi talabalarga mavzu bo’yicha o’quv adabiyotidan paragraf yoki biron parchani o’qishni taklif etadi. So’ngra o’qituvchi talabalariga:
Aytinglarchi, muallif bu yerda nima haqida gapirayapti? degan savolni beradi. Talabalar javob bergach, o’qituvchi gap nima haqida ketayotganligiga yakun yasaydi. Hamda aniqroq, tushunarliroq bo’lishi uchun siz bu fikrni qanday ifodalagan bo’lardingiz? degan savol bilan murojaat qiladi.
Uchinchi kursda,o’qituvchi talabalardan o’zlari muallif sifatida bu fikrni yozma ravishda qanday ifodalagan bo’lar edingiz, yozib bering deb, topshiriq beradi.
To’rtinchi kursda, talabalar yozgan javoblar o’zaro tekshiriladi va muhokama qilinadi. Muhokama individual yoki kichik guruhlar bo’yicha olib borilishi mumkin. Asosiy maqsad, yozilgan fikr tanqid qilingan muallifnikiga qaraganda tushunarliroqmi yoki aksinchaligini aniqlash.