1-Ma’ruza: Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Til – eng muhim aloqa vositasi va ijtimoiy hodisa. Tillarning kelib chiqishi va o‘zaro munosabatlari



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə4/8
tarix13.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#125226
1   2   3   4   5   6   7   8
1-ma\'ruza

Tafakkur bilan tilning munosabati o‘ziga xos jarayondir. Har qanday fikr muayyan moddiy qolipga tushmaguncha, ya’ni so‘z, gap orqali ifoda etilmaguncha yuzaga chiqmaydi. Til fikrning voqelanishi, namoyon qilinishdir. Fikr so‘zlar orqali shakllanadi, tilda o‘zining ifodasini topadi. Shunday qilib, so‘z fikrni mujassamlashtiradi, moddiy shaklga solib uni yuzaga chiqaradi. Fikr mazmuni esa so‘zlar vositasi bilan tarkibiy qismlarga ajraladi. Ongimizda paydo bo‘ladigan fikrning mohiyatini, mazmunini tashkil etadigan har qanday idrok yoki tasavvur ham faqat so‘zlar vositasi bilangina voqealanadi.
Shuningdek, til va tafakkur boshqa-boshqa fan sohasi sifatida ajratiladi: til lingvistikaning, tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’yektidir. Ularning o‘zaro teng emasliklarini barcha odamlarning bir xilda fikr yurita olmasliklari bilan ham ko‘rsatib o‘tish mumkin. Xuddi shu fikrning isboti tarzida jamiyat a’zolarining turli guruhlari misolida ularning fikr yuritish, shunga ko‘ra, so‘zlash darajasini bir-biridan farqlash mumkin:
  • kasbiy nuqtayi nazaridan: ishchi va sotuvchi, shifokor va quruvchi, olim va shoir va h.z.;
  • yosh nuqtayi nazardan: bolalar, yoshlar, keksalar;
  • jins nuqtayi nazaridan: ayol yoki erkak;
  • yashash joyi nuqtayi nazaridan: shahar yoki qishloq kishisi va boshqalar.

  • Shuningdek, soqov insonlarning nutqi ham mavjud bo‘lib, ularni o‘zaro bog‘lovchi vosita imo-ishoralardir.

Tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi asosiy farazlar. Tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risida asosiy farazlardan biri tovushga taqlid. Bu faraz qadimgi Yunonistonda – Demokrit va Platon davrida o‘rtaga tashlangan bo‘lib, unga ko‘ra ibtidoiy odamlar yo ongli, yo ongsiz tarzda turli-tuman tovushlar, ya’ni hayvonlarning baqiriqlari, qushlarning sayrashi, shamol va sharsharalarning ovozlari va hokazolarga taqlid qilishga harakat qilishgan. Ibtidoiy odamlar dastlab ayrim tovushlarni, keyinchalik bu tovushlarni bir-biriga qo‘shib talaffuz qilishni o‘rganishgan: bu tovush va tovush birikmalari so‘z yasashga asos bo‘lgan, degan fikr ilgari suriladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin