Dorivor o’simlikshunoslikda ilmiy izlanish mohiyati, maqsad va vazifalari.
Floristik, sistematik, geobotanik, resursshunoslik ilmiy tadqiqit ishlari mohiyati.
Dorivor o’simlikshunoslikda ilmiy izlanish uslublari va turlari.
Dorivor o’simliklar dehqonchiligi qishloq xo’jaligining yangi shu bilan hozirgi zamonaviy dehqonchilik tizimida asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib, aholini oziq-ovqat, dori-darmon, farmatsevtika sanoatini etarlicha xom ashyo, chorvashilikni esa em-xashak bilan ta’minlaydi. Dorivor o’simliklardan sifatli va yuqori hosil olish maqsadida ularni parvarish qilish usullari, hamda fizikaviy, kimyoviy va biologik yo’llar bilan hosil hajmini oshirish tadbirlarini o’rgatadigan fandir.
Fanning ahamiyati Eng katta boylik – bu intellektual boylik, ya’ni tafakkur. CHunki bu boylikni xech kim tortib ololmaydi. Xalqi intellektual tafakkurga boy bo‘lgan davlatlar xech qachon inqirozga uchramaydi. Vaqt o‘tishi bilan er osti va er usti boyliklari, foydali qazilmalar kamayishi va hatto tugashi mumkin , intelektual boylik esa ta’lim tizimi to‘g‘ri yo‘lga ko‘yilganda faqat ortib boradi.
Rivojlangan davlatlar o‘z taraqqiyotini yangi texnologiyalar yaratish va joriy etish xisobiga shakllantiradi. SHu tufayli ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilm – fanni rivojlantirish, yuqori intellektual tafakkurga ega yosh mutaxassislar tarbiyalash eng dolzarb vazifalardan biri xisoblanadi.
Bugungi fan va texnika rivojlanayotgan, bosqichma bosqich bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan vaqtda xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari singari qishloq xo‘jaligi soxasida ham tub o‘zgarishlar kiritishni takazo etadi. Buning uchun esa bu sohada ilm fan yutuqlarini keng joriy etish, ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish lozim.
Bugungi kunda dorivor o‘simliklar etishtirish oldida to‘rgan asosiy vazifa har qanday yo‘l bilan dorivor o‘simliklar xosildorligini oshirish emas, balki ekinlar xosildorligini oshirish bilan bir vaqtda maxsulot tannarxini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va maxsulot sifatini yahshilash xisoblanadi. Ma’lumki dorivor o‘simliklar o‘simlikshunosligining biron bir soxasini ilm fan yutuqlarisiz tasavvur qilish qiyin. Ushbu soha fan yutuqlari qishloq xo‘jaligining har bir sohasida: dorivor o‘simliklar o‘simlikshunosligi, seleksiyasi, urug‘shunosligi, introduksiyasi va boshqa qator sohalarda keng ko‘llanilmoqda.
Keyingi yillarda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari , shu jumladan qishloq xo‘jaligida xususan dorivor o‘simliklar o‘simlikshunosligida yangi texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarishda keng joriy etish maqsadida yangi g‘oya va innavatsion texnologiyalar yarmarkalari tashkil etilmoqda. Biroq, dorivor o‘simliklar o‘simlikshunosligida biron bir yangilikni keng tadbiq etishdan oldin uni bir necha yil davomida sinab ko‘rilishi, ya’ni ma’lum bir uslubiyatga asoslanib olib boriladigan tajribalarda o‘rganilishi lozim. O‘rganilayotgan texnologiya olib borilgan tajribalarda mavjud texnologiyalardan ustunligi tasdiqlangan xollardagina ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq. Fan yutuqlari va ilg‘or tajribalarni joriy etishni tashkil etish dorivor o‘simliklar o‘simlikshunosligini jadal rivojlantirishning muxim omilidir. Bu jarayon mutaxasislardan chukur bilim va malaka ta’lab etadi. Bundan tashqari, bugungi ekologik vaziyat dorivor o‘simliklaridan yuqori hosil etishtirish bilan birga ekologik muvozangatni saqlash, zararkunanda xashoratlar , kasallik va begona o‘tlarga qarshi yangi biologik kurash choralarini ishlab chiqishni takazo etadi. SHuningdek dorivor o‘simliklar o‘simliklar hosildorligini oshirish maqsadida mineral o‘g‘itlar qo‘llashni, ayniqsa azotli o‘g‘itlar me’yorini asossiz ravishda oshirish ekologik muvozanatga salbiy ta’sir etadi. O‘simlik tomonidan o‘zlashtirilmagan mineral elementlar tuproqda ko‘plab to‘planib atrof muxitni ifloslanishiga, maxsulot sifatini buzilishiga olib kelmoqda. Ayniqsa bunday holatlarni oziq ovqat maxsulotlar tarkibida nitrat shaklidagi azotning ko‘payib ketishida kuzatishimiz mumkin.