1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə102/168
tarix10.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#139435
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168
1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org

Kimyoviy tarkibi. Xantal urug‘i tarkibida sinigrin (kukunida 15 % gacha) glikozidi bo‘ladi. Sinigrin urug‘ tarkibidagi mirozin fermenti ta’sirida glyukoza, kaliy biosulfat va allilizotiotsianatga (xantal efir moyiga) parchalanadi. Fermentatsiya jarayoni o‘tkazilgan urug‘dan xantal efir moyini suv bug‘i yordamida haydab olish mumkin. Xantal urug‘ida 1,17–2,89 % efir moyi bor. SHuningdek, urug‘da yana 23–47 % yog‘ va 26 % gacha oqsil moddalar bo‘ladi.

Ishlatilishi. Xantal preparatlari yallig‘lanish xarakteriga ega bo‘lgan kasalliklarda, miozit, bronxit va bod kasalliklarida qo‘llaniladi. Xantal yog‘i ovqatga ham ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Gorchichnik (xantalli qog‘oz), xantal uni (kukuni). Xantal efir moyi juda zaharli, shuning uchun undan 2 % li spirtdagi eritma – Spiritus Sinapis tayyorlanadi. Xantal urug‘i me’da kasalliklarida ishlatiladigan yig‘malar tarkibiga kiradi. Gorchichnik tayyorlash uchun 100 sm2 sathli qog‘ozga kauchuk elimidan surtib, ustiga xantal uni sepiladi. Gorchitsa uni esa yog‘i olingan kunjaradan tayyorlanadi.
Xantal unidan oshxonalarda ishlatiladigan xantal (gorchitsa) ham tayyorlanadi.


TARKIBIDA SIANOGEN GLIKOZIDLAR BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR Glikozidlar parchalanib, sianid kislota ajratsa, ular sianogen yoki nitril glikozidlar deb ataladi. Sianogen glikozidlar (amigdalin, prunazin, sambunigrin va boshqalar) zaharli birikma bo‘lib, ularning ko‘pchiligi ra’noguldoshlar oilasiga kiradigan o‘simliklarga xosdir. Masalan, achchiq bodom, achchiq danakli o‘rik, shaftoli, olcha, gilos, olxo‘ri, olma, nok, shumurt (cheremuxa) va boshqa o‘simliklar urug‘i (mag‘zi)ning achchiq mazali bo‘lishi, ular tarkibida sianogen glikozidlar borligiga bog‘liq.
Sianogen glikozidlarning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar efir moylarining fizik xossasiga o‘xshash xossaga ega bo‘ladi.
Tibbiyotda o‘z tarkibida sianogen glikozidlardan asosan amigdalin saqlovchi dorivor o‘simliklar ishlatiladi. Amigdalin rangsiz kristall birikma bo‘lib, yuqorida aytib o‘tilgan ra’noguldoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklarning urug‘i, bargi va boshqa organlarida bo‘ladi.
Tibbiyotda ishlatiladigan amigdalinli dori turlar achchiq bodom urug‘idan yoki uning o‘rnida ishlatilishi mumkni bo‘lgan o‘simliklardan tayyorlanadi. Tibbiyotda ishlatish uchun achchiq bodom urug‘idan achchiq bodom suvi tayyorlanadi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin