1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Mahsulotning tashqi ko‘rinishi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə106/168
tarix10.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#139435
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   168
1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot ildizdan va alohida ildiz bilan birgalikda o‘simlikning er ustki qismidan (barg va gul aralashmalaridan) tashkil topgan. Ildizi o‘q ildiz, shoxlanmagan yoki kam shoxlangan, ildiz uzunasiga burishgan, mo‘rt, yoshlarining ustki tomoni qo‘ng‘ir, qarilariniki esa to‘q qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, uzunligi 10–15 sm, yo‘g‘onligi 0,3– 1,5 sm. Ildizi hidsiz, achchiq mazasi bor.
XI DF ga ko‘ra namligi 14 %, umumiy kuli 8 %, 10 % li xlorid kislotada erimaydigan kuli 4 %, ildiz bo‘g‘izidan tozalanmagan ildizlar 4 %, ichi po‘k (bo‘sh) ildizlar 2 %, ichi qo‘ng‘ir rangga aylangan ildizlar 10 %, uzunligi 2 sm dan qisqa bo‘lgan ildizlar 5 %, organik aralashmalar 0,5 % va mineral aralashmalar 2 % dan, qirqilgan mahsulot uchun 7 mm dan yirik bo‘lgan bo‘laklar 10 %, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismlar 10 % dan oshmasligi lozim. Suvda eriydigan ekstrakt moddalari esa 40 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi. Ildizi tarkibida taraksatsin va taraksatserin achchiq glikozidlari, tarakserol, taraksosterol, β - amirin va boshqa triterpen birikmalari, 24 % gacha inulin, 2–3 % gacha kauchuk, yog‘ va boshqa moddalar bo‘ladi. Gul to‘plami va bargi tarkibida karotinoidlar, triterpen spirtlardan – -arnidiol va faradiol hamda vitamin B2 bor.

Ishlatilishi. Qoqi o‘simligining dorivor preparatlari achchiq modda sifatida ishtaha ochish, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun hamda o‘t haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Farmatsevtikada qoqi o‘simligining quyuq eksrakti xab dori tayyorlashda qo‘llaniladi.

Dorivor preparatlar. Qaynatma, ildizning quyuq ekstrakti.
Qoqining qirqilgan ildizi ishtaha ochuvchi, o‘t haydovchi va me’da kasalligida ishlatiladigan choylar – yig‘malar tarkibiga kiradi.

TILLABOSH ER USTKI QISMI – HERBA CENTAURII
O‘simlikning nomi. Oddiy tillabosh – Centaurium erythraea Rafn. (Centaurium minus Moench., Centaurium umbellatum Gilib., Erythraea centaurium (L.) Workh.), chiroylitillabosh – Centaurium pulchellum (Sw.) Druce. (Erythraea pulchella (Sw.) Hornem.); erbahodoshlar (gazako‘tdoshlar) – - Gentianaceae oilasigakiradi.
Oddiytillaboshbiryokiikkiyilliko‘to‘simlik. O‘qildizidanavvalildizolditupbarglar, so‘ngratiko‘suvchi, to‘rtqirrali, shoxlanmaganyokiyuqoriqismishoxlangan, bo‘yi 10–40 smgaetadiganpoyao‘sibchiqadi. Ildizoldito‘pbarglariteskarituxumsimon, to‘mtoquchli, tekisqirrali, poyadagilari – cho‘ziqtuxumsimonyokilansetsimon, o‘tkiruchli, tekisqirralibo‘lib, poyadabandsizqarama-qarshijoylashgan. Qizilrangli, 5 bo‘lakligullariqalqonsimonro‘vakkatuplangan. Mevasi – silindrsimon, ikkixonaliko‘sak.
CHiroylitillaboshniildizoldito‘pbarglaribo‘lmasligi, poyasiasosqismidanboshlabshoxlanishibilanoddiytillaboshdanfarqlanadi.
Iyun oyidan boshlab kuzgacha gullaydi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin