1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


FRANGULA PO‘STLOG‘I – CORTEX FRANGULAE Mahsulotning mikroskopik tuzilishi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə151/168
tarix10.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#139435
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   168
1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org

FRANGULA PO‘STLOG‘I – CORTEX FRANGULAE Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. YUmshatilgan po‘stloqni po‘kak orasiga olib, juda yupqa qilib ko‘ndalangiga kesiladi. So‘ngra preparatga floroglyusin eritmasi va xlorid kislota ta’sir ettirib, mikroskopning katta va kichkina ob’ektivlarida ko‘riladi Po‘stloqning ko‘ndalang kesimida 10–20 qator qizil-qo‘ng‘ir hujayrali keng probka qavatini ko‘rish mumkin. Po‘stloqning parenxima hujayrasida druzlar bor. Tashqi po‘stloqda kam yog‘ochlangan yumaloq shaklli tolalar guruhi bo‘ladi. Ichki po‘stloqda bir-ikki, ba’zan uch qator (eniga nisbatan) o‘zak nur hujayralar joylashgan. Bu hujayralarda antratsen unumlari ko‘p bo‘lganidan ishqor eritmasi ta’sirida to‘q qizil rangga bo‘yaladi (boshqa po‘stloqlardan farqi). O‘zak nurlarining oralarida guruh-guruh holda joylashgan qalin po‘stli, yog‘ochlangan hamda kristalli hujayralar bilan o‘ralgan tolalar – stereidlar bo‘ladi. Kristallar bilan qoplangan tolalar po‘stloqning bo‘yiga kesilgan preparatda yaxshi ko‘rinadi. Po‘stloqda tosh hujayralar bo‘lmaydi (boshqa po‘stloqlardan farqi).

ROVOCH ILDIZI – RADICES RHEI Mahsulotning mikroskopik tuzilishi.YUmshatilgan ildizniko‘ndalangiga kesib, mikroskop ostida ko‘riladi. Ildizning ko‘ndalang kesimi ikkilamchi tuzilishda bo‘lib, floema bilan ksilema o‘rtasida halqa shaklida kambiy joylashgan. Markazida o‘zak bo‘lmaydi. O‘zak nurlari keng, yirik hujayralardan iborab bo‘lib, ular to‘q sariq rangli yo‘l shaklida ko‘rinadi. Ildizda mexanik to‘qimalar – tolalar va toshsimon hujayralar bo‘lmaydi. Parenxima hujayralarida ko‘p miqdorda yirik druzlar hamda kraxmal donachalari bor Rovoch ildizi kukuni (poroshogi) ham mikroskop ostida ko‘riladi. Kukunda (poroshokda) juda ko‘p kraxmalli parenxima hujayralari hamda yirik suv naylarining bulaklarini va nihoyatda katta druzlarni ko‘rish mumkin. Kukunda mexanik to‘qimalar – tolalar va toshsimon hujayralar bo‘lmaydi.
14- AMALIY MASHG‘ULOT. TARKIBIDA FLAVONOIDLAR SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLARNING MIKROSKOPIK TUZILISHINI O‘RGANISH


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin