OQQALDIRMOQ BARGI - FOLIA FARFARAE O‘simlikning nomi. Oqqaldirmoq(ko‘ka)- Tussilago farfaga L.;astradosh- lar - Asteraceae (murakkabguldoshlar - Somrositae) oilasiga kiradi. Uzun, sudralib o‘suvchi, shoxlangan ildizpoyali, ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Erta bahorda ildizpoyadan gul hosil qiluvchi bir nechta shoxlanmagan poya o‘sib chiqadi. Poya tuxumsimon - lansetsimon shaklli, pushti rangli, o‘tkir uchli, ustki tomoni qizil-qo‘ng‘ir rangli tangachasimon bargchalar bilan qoplangan bo‘lib, uchida gulto‘plami - savatcha joylashgan. Gullari tilla rang sariq tusga bo‘yalgan. Savatcha ikki qator o‘rama barglar bilan o‘ralgan. Savatcha chetidagi bir nechta qator gullari tilsimon, o‘rtadagilari naychasimon. Tojbargi 5 ta, otaligi (changchilari) 5 ta, urug‘chi (onalik) tuguni bir xonali, pastga joylashgan, mevasi - uchmali pista.
Aprel - may oylarida (ildizoldi to‘pbarglar chiqarmasdan) gullaydi, may - iyun oylarida mevasi etiladi. O‘simlik gullab bo‘lgandan so‘ng uzun bandli ildizoldi barglari rivojlanadi.
Geografik tarqalishi.Ukraina,Moldova,Belorus,Boltiq bo‘yi,Rossiyaning Ovro‘po qismida, Kavkazda, Sibirda va O‘rta Osiyoning tog‘lik erlarida, daryo hamda ariq bo‘ylarida, o‘rmonlarda, jarliklarda va g‘orlarda o‘sadi. Mahsulot Belorus va Ukrainada tayyorlanadi.
Mahsulot tayyorlash. O‘simlikning ildizoldi barglari yozning birinchiyarmida terib (barg bandining yarmidan uzib) olinadi. YOsh va qo‘ng‘ir rangdagi dog‘li (zang zamburug‘li) barglar yig‘ilmaydi. Yig‘ilgan barglar salqin erga yupqa qilib yoyib quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.Tayyor mahsulot yumaloq yoki kengtuxumsimon shaklli bargdan iborat. Bargi panjasimon tomirlangan, biroz bo‘lakli, siyrak tishsimon qirrali, asos qismi yuraksimon bo‘lib, uzunligi 8-15 sm va eni 10 sm. Bargning yuqori tomoni yashil, tuksiz, pastki tomoni esa sertuk, shuning uchun oqish ko‘rinadi.
Butun mahsulot uchun teshigining diametri 3 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan maydalangan qismi 2 %, qirqilgan mahsulot uchun: 7 mm dan yirik bo‘lgan bo‘lakchalar 20 %, teshigining diametri 0,5 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan mayda qismlar 5 % dan oshiq bo‘lmasligi kepak.