1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə31/168
tarix10.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#139435
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   168
1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org

Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida2,63 %gacha tussilyagin va bashqaachchiq glikozidlar hamda gallat, olma va vino kislotalari, sterinlar, inulin, efir moyi, 70-251 mg % vitamin S, 5,18 mg % karotinoidlar, 0,25% flavonoidlar, alkaloidlar, saponinlar,8,46-9,61 % oshlovchi, 7-8 % shilliq va boshqa moddalar bo‘ladi, Oqqaldirmoq o‘simligining gul to‘plami tarkibida stigmasterin va boshqa sterinlar, faradiol, flavonoidlar (0,36 % rutin, 0,28giperozid) hamda 172-253 mg % vitamin S bo‘ladi.
Ishlatilishi. Oqqaldirmoq o‘simligining dorivor preparatlariyumshatuvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va dezinfeksiya qiluvchi hamda yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. SHuning uchun ular bronxit, laringit va o‘pka kasalliklarida balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.


Dorivor preparatlari. Damlama, qaynatma. Bargi ko‘krak kasalliklarida ishlatiladigan hamda ter haydovchi choy - yig‘malar tarkibiga kiradi.

DARAXT ELIMLARI VA ULARNI SAQLOVCHI DORIVORO‘SIMLIKLAR
Daraxt elimlari patologik shilliq moddalarning o‘simlik to‘qimalaridan oqib chiqib, po‘stloqning yaralangan joyini qoplab, qotishidan hosil bo‘ladi. Bu birikmalar daraxt po‘stlog‘idagi yaralangan joyni berkitib turadi va mikroorganizmlarning o‘simlik tanasiga kirib, uni chiritishidan saqlaydi. Bundan tashqari, elim o‘simlik uchun zaxira oziq modda bo‘lib ham xizmat qiladi (astragal o‘simligida).


Elim ko‘pincha dukkakdoshlar (akas, astragal) va ra’noguldoshlar (o‘rik, shaftoli, olcha, gilos), jiydadoshlar (jiyda), pistadoshlar va boshqa (40 taga yaqin) oilalarga kiruvchi buta va daraxtlarda hosil bo‘ladi. Daraxt elimi ko‘pincha erta bahorda hosil bo‘ladi. CHunki bu faslda tez-tez yog‘ingarchilik bo‘lishi natijasida daraxt po‘stlog‘i iviydi, so‘ngra shamoldan va kun issig‘idan tez qurib, yoriladi. YOrilgan po‘stloqdan patologik shilliq modda oqib chiqadi-da, yaralangan joyni «davolaydi» (akas, o‘rik, shaftoli, gilos va boshqalarda). Elim ba’zan buta o‘simliklari po‘stlog‘ida hayvonlar etkazgan zarar natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin (astragal turlari) . Elim sun’iy yo‘l bilan ham olinishi mumkin. Buning uchun o‘simlik po‘stlog‘ini bigiz, pichoq yoki boshqa asbob bilan tilinadi, natijada elim oqib chiqadi. O‘rmonda bo‘lib o‘tgan yong‘indan so‘ng ham ba’zi o‘simliklarda (tilog‘och daraxtida). elim hosil bo‘lishi mumkin. Elim kimyoviy tarkibiga ko‘ra shilliq moddalarga yaqin turadi. Uni shilliq moddalarning qisman oksidlanishi va polimerlarga aylanish jarayoni natijasida hosil bo‘lgan mahsulot deb hisoblash mumkin. SHuning uchun elim tarkibida polisaxaridlar – pentozalar (arabinoza, D-ksiloza, L-fuktoza va boshqalar) va geksozalar (D-galaktoza, D-mannoza va boshqalar)dan tashqari qand, elim kislotalarining kaliy, magniy hamda kalsiy tuzlari uchraydi. Patologik shilliq moddalar o‘simlik to‘qimalaridan oqib chiqayotganida yo‘lda uchragan birikmalar, masalan: oshlovchi, bo‘yoq, mineral moddalar, fermentlar, uglevodlar, organik kislota va boshqalarni o‘zi bilan birga olib chiqishi mumkin. Buning natijasida elim tarkibi murakkablashadi. SHy sababli bir to‘p daraxtdan olingan elim tarkibi va rangi har xil (och sariqdan qo‘ng‘ir ranggacha) bo‘ladi. Elim har xil rang va shaklda hamda qattiq bo‘lakchalar holida bo‘ladi. YUqori sifatli elim rangsiz yoki och sarg‘ish rangli bo‘lib, o‘ziga xos shirin mazaga ega. U organik erituvchilarda erimaydi. Suvdagi eritmasi yopishqoq kolloid holatda bo‘lib, kuchsiz kislotali xossaga ega. Elim spirt ta’sirida eritmada cho‘kadi. Elimning kimyoviy tarkibi yaxshi aniqlanmagan. SHy sababli u fizik xossasiga qarab (suvda erishiga qarab) 3 guruhga bo‘linadi: Arabin -suvda yaxshi eriydigan elim Bassorin -suvda kam eriydigan,lekin yaxshi shishadigan elim Serazin -suvda erimaydigan va kam shishadigan elim.Bu elim issiq suvdaqisman erishi mumkin. Elim miqdorini (suvda to‘liq eriydigan va arabinlardan iborat bo‘lsa)shilliq moddalarda qo‘llaniladigan usul bilan (viskozimetrlar yordamida yoki spirt bilan cho‘ktirib) aniqlash mumkin. Elim tibbiyotda me’da kasalliklarida o‘rab oluvchi vosita sifatida ishlatiladi. Farmatsevtikada esa xab dorilar hamda emulsiyalar (emulgator sifatida) tayyorlashda qo‘llaniladi. Texnikada elimni chit bo‘yash, tush, siyoh, akvarel bo‘yoqlar, qalam, gugurt va plastmasslar tayyorlashda hamda boshqa sohalarda ishlatiladi. Tibbiyotda hamda farmatsevtika amaliyotida yuqorida.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin