Kimyoviy tarkibi.Mahsulot tarkibida160mg% (40-200mg%)askorbinkislota, vitamin R, 18 mg % karotin, 8 % gacha organik kislotalar (limon, vino va olma kislotalar), achchiq glikozid, 3,8 % gacha glyukoza, 4,3 % fruktoza, 0,7 % gacha saxaroza, 0,3 % oshlovchi moddalar, flavonoidlar (izokversitrin, kversitrin, giperozid, rutin va meratin), efir moyi, sorbit spirti va boshqa birikmalar bo‘ladi.
Urug‘ tarkibida amigdalin glikozidi va 22 % gacha yog‘, bargida 200 % mg vitamin S bo‘ladi. Ishlatilishi.CHetan mevasi tibbiyotda lavsha(singa)va boshqaavitaminoz kasalliklarini davolashda hamda shu kasalliklarning oldini olishda ishlatiladi. Dorivor preparatlari.Ho‘l mevadan vitaminli sharbat olinadi.Quritilgan meva vitamin choylari-yig‘masi tarkibiga kiradi. Meva damlab ichiladi.
CHakanda mevasi va moyi – Fructus et oleum Nippophayos
O‘simlikning nomi.Jumrutsimon chakanda(chirqanoq) – Nippophayo rhamnoides L.;jiydadoshlar- Elacagnaceae oilasiga kiradi. Bo‘yi 4-6 m bo‘lgan ikki uyli buta yoki daraxtcha. Poyasi sershox va tikanli bo‘lib, qo‘ng‘ir-yashil po‘stloq bilan qoplangan. Bargi oddiy, chiziqsimon yoki chiziqsimon-lansetsimon, tekis qirrali, yuqori tomoni kulrang-to‘q yashil, pastki tomoni esa oq yoki qo‘ng‘ir rangli yulduzsimon tangachalar bilan qoplangan, shuning uchun biroz sarg‘ish, qo‘ng‘ir kulrang yoki oq tusli bo‘lib ko‘rinadi. Barglari poyada kalta bandi bilan ketma-ket joylashgan. Gullari bir jinsli, ko‘rimsiz. Otalik gullari mayda, kumush-qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, kalta boshoqchaga to‘plangan. Otalik gulidagi gulqo‘rg‘oni 2 ta ellipssimon bargchadan tashkil topgan. CHangchilari (otaliklari) 4 ta. Onalik gullari 2-5 tadan bo‘lib, qisqa bandi bilan shoxchalar qo‘ltig‘iga o‘rnashgan. Onalik gulida gulqo‘rg‘oni naychasimon, ikki bo‘lakli, ichki tomoni sariq rangga bo‘yalgan. Onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – dumaloq yoki cho‘ziqroq, to‘q sariq yoki qizrish rangli, sersuv, danakli meva.
Aprel - may oylarida gullaydi, mevasi avgustdan boshlab oktyabrgacha pishadi. Meva to‘kilmasdan kelasi yil bahorgacha o‘simlikda saqlanib qoladi. Geografik tarkalishi.Daryo,ko‘l va dengizlarning shag‘alli hamdaqumli qirg‘oqlarida, tekislik va tog‘lardagi to‘qayzorlarda o‘sadi. Ba’zi joylarda qalin chakalakzorlar hosil qiladi. Asosan O‘rta Osiyoda, Farbiy va SHarqiy Sibirning janubiy tumanlarida, Qora dengiz atroflarida, Moldova, Qozog‘istonning janubida, Kavkazda, Sobiq Ittifoqning Ovro‘po qismining janubiy tumanlarida uchraydi.