ATIRGUL—ROSADAMASCENEMILL.Atirgulning turlari:RosadamasceneMill., RosacentifoliaL., RosagallicaL., atirgullilar Rosaceaeoilasiga kiradi. Atirgul bo‘yi 1,5—2 m ga etadigan buta. Poyasi sershoxli bo‘lib, tikanlar bilan qoplangan. Bargi toq patli murakkab, 3—5, ba’zan 7 ta bargchadan tashkil topadi. Bargida qo‘shimcha bargchalar ham bo‘ladi. Gullari yirik, xushbo‘y bo‘lib, qalqonsimon to‘pgulga yoki qalqonsimon ro‘vakka to‘plangan. Kosachabargi 5 ta, tojbargi 25—30 tacha qizil, pushti, ba’zan oq rangga bo‘yalgan. Otalik va onaliklari ko‘p sonli. Mevalari yong‘oqsimon, bir urug‘li, gul o‘rni bilan birlashib, qizil rangli, cho‘zinchoq, soxta meva hosil qiladi. Iyun oyida gullaydi. Geografik tarqalishi.Atirgullar , yovvoyi holda uchramaydi. Atirgul Rossiyada, asosan Gruziya, Moldaviya, Tojikiston, Qirg‘iziston respublikalarida hamda Qrimda, Zakavkazeda va Krasnodar o‘lkasida o‘stiriladi. Kimyoviy tarkibi. Gultojbargi tarkibida 0,05—0,075% efir moyi va kratanoidlardan rubiksantin bo‘ladi. Efir moyi ertalab yig‘ilgan gultojbarglardan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Efir moyi sarg‘ish, xushbo‘y bo‘lib, +15°C temperaturada stearopteni (hidsiz, keraksiz qismi) kristall holida ajraladi. Efir moyining solishtirma og‘irligi 0,8368—0,8776, refraksiya soni 1,5571, qutblangan nur tekisligini og‘dirish burchagi — 2,50° —4,25°. Efir moyi tarkibida 50—60% geraniol, 22,6% sitronellol, 10% nerol, 2% gacha feniletil spirti, evgenol hamda sitral, ionil va boshqa aldegidlar bo‘ladi. Ishlatilishi. Atirgul moyi preparati — Aqua Rosae farmatsevtika dorilar hidi va mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi. Atirgul moyi asosan parfyumeriyada qo‘llaniladi.
13- MAVZU MONOTSIKLIK TERPENLARSAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLAR
Reja:
Dorivor yalpiz (M.piperitha)
Mavrakbargi (Salvia officinalis, S.sclarea, S.spinosa)
Evkalipt bargi (Eucalyptus globosus),
Tmin mevasi (Carum carvii)
Bu guruhga kiradigan dorivor o‘simliklar efir moylarining asosiy ta’sir etuvchi qismlari mentol, sineol, limonen, pulegon, menton, karvon va boshqa birikmalar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |